Monoftong (mono... va yun. phtongos — ovoz, tovush) — unli tovushlarning artikulyasion-akustik belgilariga koʻra, bir xillikka ega boʻlishi, yaʼni artikulyasiya davomida turgʻun talaffuzga ega boʻlgan, bir holatdan ikkinchi holatga koʻchmaydigan tovushlar. Aynan shu xususiyatlari bilan ular diftong (ikki unlining bir boʻgʻin hosil qilishi) va triftong (uch unlining bir boʻgʻin qosil qilishi)lardan ajralib turadi. Biroq M.larning bir xilligi nisbiy boʻlib, koʻp hollarda unlini oʻrab turgan undoshlarga ham bogliq. Odatda, koʻpgina tillarning unlilar tizimida M. asosiy oʻrinni egallaydi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil