Monogamiya — har xil jinsli hayvonlar oʻrtasidagi munosabat shakli; bitta erkak hayvonning mavsum davomida faqat bitta urgʻochisi bilan juftlashishi. Monogamiyada erkak hayvon ham nayel uchun gʻamxoʻrlik qiladi. Sut emizuvchilarda Monogamiya poligamiyata nisbatan kam uchraydi. Odatda, bir mavsumlik Monogamiya boʻri, tulki, boʻrsikda boʻladi. Odamsimon maymunlardan gibbonlarda esa bunday juftlik bir necha yillar davom etadi. Monogam organizmlarda jinsiy dimorfizm kucheiz namoyon boʻladi. Monogamiya qushlarda keng tarqalgan. Oqqushlar, laylaklar, burgutlarda juftlik bir necha yilgacha, hatto umr boʻyi davom etadi. Joʻja ochuvchi qushlarda Monogamiya bilan bir qatorda poligamiya ham kuzatiladi. Evolyusiya jarayonida Monogamiya poligamiyaga nisbatan kuchliroq ixtisoslashgan hodisa sifatida rivojlangan. Baʼzan xonakilashtirilgan yovvoyi hayvonlarning erkaklarida bitta urgʻochi organizm bilan juftlashish instinkti yoʻqoladi. Mas, tulkilar tabiatda monogam, ammo tutqunlikda boqilganida ularning erkagi bir necha urgʻochilari bilan juftlashadi. Monogamiya hasharotlarda ham kuzatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil