Monoplakoforalar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Monoplakoforalar (Mopoplacophora) — chigʻanokli mollyuskalarning eng tuban tuzilgan sinfi. Qazilma holda Kembriydan Devongacha uchraydi. Birinchi tirik vakili neo-pilina 1952-yilda topilgan. Hozir 8 turi maʼlum. Tanasi qalpoqchaga yoki yassi spiralga oʻxshash chigʻanoq bilan qoplangan. Mantiya boʻshligʻida 1 juftdan 8 juftgacha boʻlgan muskullar joylashgan. 5—6 juft patsimon jabralari qorin tomondagi mantiya egatchalarida joylashgan. Buyraklari 6 juft. Yuragi 2 tadan qorincha va boʻlmachadan iborat. Qon aylanish sistemasi tutashmagan. Muvozanat sakdash organi bor. Ayrim jinsli, jinsiy bezlari juft. Suv tubida 200–700 m chuqurlikda uchraydi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |