Monopol narx
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Monopol narx – monopol mavqedagi subʼyekt (firma)lar bozorda belgilaydigan narx, monopol foyda olishning asosiy vositasi. Monopoliya sharoitida bu sotuvchi narxi boʻlsa, monopsoniya sharoitida xaridor narxi shakliga ega boʻladi. Monopol narx erkin bozor narxidan raqobat asosida shakllanmasligi bilan farq qiladi. Monopol narxni belgilashning asosiy maqsadi olinadigan foydani maksimallashtirishdir. Mono-poliyaning narx belgilashdagi hukmronligi uning bozordagi hokimiyati hisoblanadi. Monopol narx oʻrnatilgandatanlash imkoniyati boʻlmaganligi sababli xaridor daromadining bir qismini yoʻqotadi. Lekin monopoliya Monopol narxni chegarasiz oshira olmaydi, chunki har qanday narxning yuqori chegarasini xarid qobiliyati belgilaydi. Shuni hisobga olib Monopol narx bozor koʻtaradigan narxning eng yuqorisi qilib belgilanadi, ammo bunday narx talabning ela-stikligini yuzaga keltirmaydi, yaʼni talab narxining ortishiga nisbatan tezroq pasayadi.
Monopol narxga resurslar narxining ortishi ham taʼsir etadi, chunki harajatlar ortib, foyda qisqaradi. Monopsoniya sharoitidagi Monopol narx xaridor narxi hisoblanib, u ishlab chiqaruvchilarning oʻrtacha harajatlari darajasida boʻladi. Buning natijasida monopsonistga tovar sotganlar minimal foyda koʻradi, monopsonist esa narxni pastligidan yutib chiqadi. Bu yerda sotuvchilarning yoʻqotishi xaridor – monopsonistning yutugʻiga aylanadi. Monopol narx bozorning asosiy vositasi boʻlganligidan, davlat bu narxlarni nazorat qiladi, ularning haddan ziyod yuqori yoki past belgilanishiga yoʻl bermaydi, narxni oshirish hisobidan topilgan foydani davlat oʻz byudjetiga olib qoʻyadi. [1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |