Montmorillonit
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Montmorillonit (Fransiyadagi Monmoriyon shahri nomidan) — qatlamli silikatlar sinfiga mansub gilli mineral. Kimyoviy tarkibi oʻzgaruvchan (Ca.Na) (Mg, Al, Fe)2 [(Si, Al)4O10(OH)2 nH2O. Monoklin singoniyali, kristallik strukturasi qatqat. Rangi oq, kulrang, qoʻngʻir. Qattikligi 1,5—2,5; zichligi 1700–2900 kg/m3. Koʻp alyuminiyli M. — beydellit, magniyligi —saponit, temirliligi — nontronit deb ataladi. Ishqorli muhitda har xil jinslarning nurashidan vujudga keladi. Dengiz muhitida gidroslyudalarning transformatsiyasi, lagunali havza va quruq iqlimli tuproqlarda esa kulsimon mayda zarrachalarning chirishidan hosil boʻladi. M. bentonit gillarning asosiy minerali. Yuqori sorbsi-yali, namlanganda boʻkadi, qajmi koʻpayib yoriq va gʻovaklarni toʻldiradi va suv oʻtkazmaydi. M.li gillar neft va gaz uyumlari uchun yaxshi toʻsiq vazi-fasini oʻtaydi. M.li gilmoya konlari Oʻzbekistonda Buxoro, Samarqand, Fargʻona, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy viloyatlarida mavjud. M.li gillar neft, toʻqimachilik, sovungarlik, sement sanoatlarida ishlatiladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |