Moreliya
Meksikaning jan. qismidagi shahar, oʻrtacha 1940 m balandlikda
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Moreliya — Meksikaning jan. qismidagi shahar, oʻrtacha 1940 m balandlikda. Michoakan shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 620 ming kishi (2000). Panamerika shossesidagi yirik transport yoʻllari tuguni. Qishloq xoʻjaligi rayonining savdo markazi. Oziq-ovqat, kimyo, koʻn-poyabzal, sellyulozaqogʻoz, oʻrmon sa-noati korxonalari mavjud. Badiiy hunarmandchilik rivojlangan. Yirik madaniy markaz: universitet, texnologiya instituti, nafis sanʼat maktabi, muzeylar bor. Meʼmoriy yodgorliklardan 16—18-asrlarda qurilgan monastir, sobor, hukumat saroyi, akveduk saqlangan. Shaharga 1541-yilda asos solingan va 1828-yilgacha Valyadolid deb atalgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |