Morfologiya (yun. morphe – shakl, logos-fan,ta`limot degan manoni anglatadi) (tilshunoslikda) – 1) tilning morfologik qurilishi; 2) soʻz shakllari haqidagi taʼlimot. Birinchi maʼnosida obyektni anglatsa, ikkinchi maʼnosida tilshunoslikning shu obyektni oʻrganuvchi boʻlimini bildiradi. U shuningdek 3ta katta guruhga boʻlinadi: 1) mustaqil soʻz turkumlari; 2) yordamchi soʻzlar; 3) oraliqdagi sozlar (alohida olingan soʻzlar).

Lingvistik tuzilmaning asosiy darajalari. Morfologiya sintaksis va fonologiyani oʻz ichiga qamrab olgan holda koʻrsatiladi.

Morfologiya soʻz turkumlari, ularga xos grammatik maʼnolarni, har bir turkumga xos grammatik kategoriyalar, bu kategoriyalarni yuzaga keltiruvchi grammatik shakl va grammatik maʼnolar va shahrikni oʻrganadi. Til tizimdan iborat boʻlganidek, uning M.si ham oʻziga xos tizimni tashkil etadi. Oʻz navbatida, morfologik tizim ham oʻziga xos kichik tizimlardan tashkil topadi. Ulardan har birining mohiyati yoritilishi bilan, tilning M.si yaxlit holda, tizim sifatida oʻrganiladi.

Har bir soʻz turkumiga xos ichki tizim (tizimcha)larni shu turkumga xos morfologik kategoriyalar tashkil etadi. Morfologik kategoriyalar soʻz turkumiga xos maʼlum bir hodisaga oid umumiy va xususiy maʼnolar va bu maʼnolarni ifodalovchi soʻz shakllari birligidan iborat boʻladi. Ana shu soʻz shakllari va ularga xos umumiy va xususiy maʼnolar yoritilishi bilan muayyan morfologik kategoriyalarning mohiyati belgilanadi. Boshqacha aytganda, morfologik tizim ichidagi ichki tizimlardan birining mohiyati belgilanadi. Mas, feʼlning zamon kategoriyasi feʼl M.sida alohida tizimni tashkil etadi. Shuning uchun feʼlning zamonlariga nisbatan „feʼl zamonlari tizimi“ degan ibora ham qoʻllanadi. Feʼlning zamon kategoriyasi, zamon tizimining mohiyati shundan iboratki, zamon shakllarining barchasi harakatning nutq vaqtiga (nutq momentiga) munosabatini bildiradi. Bu – zamon shakllarining barchasi uchun umumiy boʻlgan xususiyat. Shu bilan birga har bir zamonga oid feʼl shakli (shakllari) oʻziga xos xususiyatga ega. Mas, oʻtgan zamon shakllari harakatning nutq vaqtigacha, hozirgi zamon shakllari harakatning nutq vaqtida, kelasi zamon shakllari harakatning nutq vaqtidan keyin bajarilishini bildiradi. Feʼl zamon shakllariga xos ana shu umumiy va xususiyliklar zamon kategoriyasining, feʼl zamonlari tizimining mohiyatidir. Demak, feʼl turkumiga oid har bir morfologik kategoriyaning mohiyatini aniqlash bilan feʼlning morfologik tizimi yoritiladi.[1]

Tilshunoslikda, morfologiya soʻzlar, ular qanday tuzilishi va shu tildagi boshqa soʻzlar bilan bogʻliqligi haqidagi fan. U soʻzlarning tuzilishi va qismlarini misol uchun oʻzak, soʻz oʻzagi, old qoʻshimcha va soʻz oxiridagi qoʻshimchalarni oʻrganadi. Shuningdek, morfologiya soʻz turkumlari, intonatsiya, urgʻu va kontekstning soʻzlarning talaffuzi va maʼnosini oʻzgartirish yoʻllarini ham oʻrganadi. Morfologiya soʻzlarning qoʻllanilishiga koʻra tillarni tasniflaydigan morfologik sinflarga ajratish tizimidan shuningdek, soʻzlar va ularning til lugʻatini qanday tashkil etishini oʻrganuvchi leksikologiyadan farq qiladi.

Asosiy soʻz va uning kelib chiqishi oʻrtasidagi fonologik va orfografik oʻzgarishlar savodxonlik mahoratlariga taʼsir qilishi mumkin. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, fonologiya va orfografiyadagi oʻzgarishlarning mavjudligi morfologik murakkab soʻzlarni tushunishni qiyinlashtiradi, uning yoʻqligi esa osonlashtiradi. Morfologik murakkab soʻzlarni tushunish ular asosiy soʻzni oʻz ichiga olganda osonroq boʻladi.[2]

Morfemalarda sodir boʻladigan tovush oʻzgarishlari bilan maxsus shugʻullanadigan fan bu – morfofonologiyadir.

Tarixi

tahrir

Qadimgi hind morfologik tahlilining tarixi tilshunos Paniniga borib taqaladi, u Sanskrit morfologiyasining 3,959 qoidasini Aṣṭādhyāyī matnida grammatikadan foydalangan holda tuzib chiqqan. Yunon-rum grammatik anʼanasi ham morfologik tahlil bilan shugʻullangan.[3] Arab morfologiyasidagi izlanishlar, jumladan, Ahmad b. Ali Masud Marah Al-Arwah ham kamida milodiy 1200-yillarga borib taqaladi.[4]

„Morfologiya“ atamasi 1859-yilda August Schleicher tomonidan tilshunoslikka kiritilgan.

Asosiy tushunchalar

tahrir

Leksemalar va soʻz shakllari

tahrir

"Soʻz" atamasining aniq maʼnosi yoʻq. Uning oʻrniga, morfologiyada ikkita bogʻliq atamalar, leksema va soʻz tuzilishi qoʻllanadi. Umuman olganda, leksema koʻpincha kichik bosh harflardagi soʻz shakli kabi ifodalanadigan tuslangan soʻz shakllari toʻplamidir. Misol uchun, eat (ingliz tilidagi „yemoq“) leksemasida bir nechta soʻz shakllari eat [yeydi, 1-shaxs, birlik], eats [yeydi, 2-shaxs, birlik], eaten [yegan, oʻtgan zamon sifatdoshi], va ate [yeb qoʻygan, oʻtgan zamon] bor. Eat va eats xuddi oʻsha eat leksemasining turli soʻz shakllari deb qaraladi. Eat va Eater, boshqa tomondan, har xil leksemalardir, chunki ular ikki xil boshqacha tushunchani bildiradi.

Tuslanish va soʻz yasalishi

tahrir

Leksema tushunchasidan kelib chiqib, ikki xil morfologik qoidalarni farqlash mumkin. Baʼzi morfologik qoidalar bir leksemaning turli shakllariga tegishli, lekin boshqa qoidalar turli leksemalarga aloqador. Birinchi turdagi qoidalar tuslanish qoidalari, ikkinchisi esa soʻz yasalishi qoidalaridir. Inglizcha koʻplikdagi dog [it] soʻzidan dogs [itlar] kelib chiqishi bu tuslanish qoidasi, va qoʻshma birikmalar va soʻzlar misol uchun, dog catcher [it ushlovchi] yoki dishwasher [idish yuvish mashinasi] kabilar soʻz yasalishiga misoldir. Sodda qilib aytganda, soʻz yasalishi „yangi soʻzlar“ni (yanada aniqrogʻi, yangi leksemalarni) tuzadi, tuslanish qoidalari esa „bir xil“ soʻzning (leksemaning) boshqacha shakllarini hosil qiladi.

Leksik morfologiya

tahrir

Leksik morfologiya bu morfologiyaning ghh, bilan shugʻullanadigan boʻlimi boʻlib, morfologik jihatdan, tildagi leksemalar toʻplamlaridir. Shunday qilib, u birinchi navbatda, soʻz yasalishi: yasalish va qoʻshish bilan bogʻliq.

Yana qarang

tahrir


Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Wilson-Fowler, E.B., & Apel, K. (2015). "Influence of Morphological Awareness on College Students' Literacy Skills: A path Analytic Approach". Journal of Literacy Research 47 (3): 405–32. doi:10.1177/1086296x15619730. 
  3. Beard, Robert. Lexeme-Morpheme Base Morphology: A General Theory of Inflection and Word Formation. Albany: NY: State University of New York Press, 1995 — 2, 3-bet. ISBN 0-7914-2471-5. 
  4. Åkesson 2001.



Havolalar

tahrir