Morfonologiya (morfologiya va fonologiya) — turli morfemalarning fonologik tuzilmasini va fonologik farqlanishlarning morfologik mak,sadda qoʻllanishini ilmiy tadqiqetuvchi tilshunoslik boʻlimi. Morfologiya – fonologiya va morfologiya oraligʻidagi til bosqichi boʻlib, bu terminni birinchi marta ruschex tilshunosi N. S. Trubetskoy taklif etgan. Bunda Morfologiya bir mor-femadagi turli fonemalarning almashinuvi sifatida juda tor izohdangan. Morfologiyaga keng maʼnoda karalganda, u: 1) soʻz va morfemalarning fonologik tarkibi hamda oʻzak va affiksal morfemalarning oʻzaro farqlanishini nazarda tutadi; 2) soʻz yasash va soʻz shakllarini yasash jarayonida morfemalar va ularning bir-biriga ulanishida boʻladigan turli oʻzgarishlarni eʼtiborga oladi; 3) morfemalar oraligʻidagi va chegaraga ajratishdagi turli xususi-yatlarni Morfologiyada oʻrganadi. Morfemalardagi fonemalar almashinuvi mor-fonema deb yuritiladi. Mas, tara – taroq soʻzlari a/o, sez – seskanmoq soʻzlari z/s morfonemasiga ega. M. urgʻuning morfologik vazifa bajarishini ham nazarda tutadi: olma (ot, mevaning turi), olma (feʼlning inkor shakli) soʻzlari urgʻuning oʻrni bilan farqlanadi. M. baʼzi tillarda koʻproq (slavyan), baʼzilarida esa kamroq (turkiy tillarda) boʻlishi mumkin.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Abduazizov, Abduzuhur."Morfonologiya" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil