Morfostruktura (yunoncha: morphe -shakl va structure — tuzilish) — yer yuzasi relyefining uzok, geologik davr mobaynida endogen va ekzogen kuchlarning oʻzaro taʼsiri natijasida, xususan endogen jarayonlar taʼsirida vujudga kelgan kismlari. Ularning morfologik farqlari Yer pusti ayrim ucha-stkalarida geologik tarixning bir xil emasligidadir. Eng yirik (planeta mikyosidagi) yoki geotekturalar Yer poʻstining eng yirik struktura ele-mentlari (materiklar va okeanlardagi botiqlar, oraliq zonalar va boshqalar)dan iborat. Planeta miqyosidagi M.lar kichikroq M.larga — ayrim qirlar, yassi togʻlar, togʻ zanjirlari, tizma togʻlar, togʻ vodiylari, platolar, payettekisliklar, botiq va boshqalarga boʻlinadi. Bunday M.larning har biri oʻziga xos tektonik strukturalarga ega.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Morfostruktura" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil