Moslashuv
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Moslashuv (tilshunoslikda) — tobe (bogʻliq) aloqaning bir turi boʻlib, bunda birikmaning tobe qismi oʻz shaklini xrkim qismning shakliga moslaydi, shu bilan hokim qismga bogʻlanadi. Hokim qismning shakli oʻzgarishi bilan tobe qism ham maʼno jihatdan shu shaklga mos boʻlgan shaklni oladi. Oʻzbek tilida M. aloqasi, asosan, qaratqichqaralmish va ega-kesim aloqasida koʻrinadi va bu moslik shaxs va son jihatidan boʻladi, yaʼni qaratqich yoki ega qaysi shaxssonni bildirsa, qaralmish yoki kesim xuddi shu shaxssonni bildiruvchi shaklda boʻladi: men yozyapman, sen yozyapsan, u yozyapti, biz yozyapmiz, siz yozyapsiz, ular yozishyapti. Mening ukam, sening ukang, uning ukasi...
Hokim qism (qaratqich yoki ega) 3-shaxsni bildiruvchi otlardan ifodalanganda, hokim va tobe qism sonda moslashishi ham, moslashmasligi ham, yaʼni hokim qism koʻplik son, tobe qism birlik son shaklida boʻlishi mumkin: sozandalar keldilar (kelishdi) yoki sozandalar kel-d i. Ega 3-shaxsdagi shaxs bildirmaydigan soʻzlardan boʻlganida, ega koʻplik, kesim esa birlik shaklida qoʻllanadi, yaʼni son jixatdan moslashish boʻlmaydi: gullar ochildi.
Azim Hojiyev.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |