Moylisuv neft-gaz koni - Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatidagi kon. Moylisoy shahridan 6 km jan. da. 1907-yilda topilgan. Jami 5 ta strukturaning turtinchisi sanoat ahamiyatiga molik. Kon joylashgan hudud shim.dan jan. tomon 1600 m dan 600 m gacha pasayib boradi. Dastlabki neft 1948-yil kovlangan quduqdan otilib chiqqan. 1950-yildan neft va gaz olina boshladi. Gaz uyumlari boʻr yotqiziqlari gorizontlarida aniqlangan.

Moylisuv neft-gaz koni paleozoy, mezozoy va kaynozoy erasiga mansub jinslarda joylashgan. Paleozoy yotqiziqlari toʻq yashil argillitdan iborat. Mezozoy yotqiziqlari yura va boʻr qatlamlaridan tashkil topgan, qalinligi 60–70 m boʻlgan kulrang va qizgʻish qumtosh, alevrolit hamda giltoshlardir. Bur davri yotqiziqlari umumiy qalinligi 900–1000 m qalinlikdagi giltosh va alevrolitlardan tuzilgan. Paleogenning umumiy qalinligi esa 250–286 m. Baqtriya yotqiziqlarida strukturaning uz. 13–14 km, eni 3,5 km. Konning 9 ta gorizontida gaz mavjud. Gorizontlarning umumiy qalinligi 52 m gacha, gʻovakligi 10—25%. Qatlam bosimini dastlabki koʻrsatkichi 16,8— 33,2 Mpa. Uyumning uz. 2,5–5 km, eni 1,0—2,1 km. Quduqlar debiti 5—523 ming m³/sut. Gazning havoga nisbatan zichligi 0,626—0,670. Metan miqdori 94,6—96,8%. Qatlam suvlari, asosan, xlorkalsiyli.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil