Moyqutlar
Moyqutlar (Sylviidae) — chumchuqsimonlar turkumiga mansub sayroqi qushlar oilasi. Uzunligi 10—25 sm. Pati xira kulrang, qoʻngʻir yoki yashil tusga yaqin. 40 tacha urugʻga mansub 240 turi maʼlum. Yevrosiyo, Afrika, ayrim turlari Avstraliya va bitta turi Shimoliy Amerika (Alyaska) da tarqalgan. Oʻrmon, butazor, bogʻlar, qamishzor va dashtlarda yashaydi. Hasharotlar, baʼzi turlari mevalar bilan oziqlanadi. Ayrim turlari, mas, korabosh moyqut yaxshi sayraydi. Oʻzbekistonda moyqutlarning 9 ta urugʻi (penochkalar, kurgalaklar, asl moyqutlar, toʻqay chumchuqlar, jiqjiklar va boshqalar) va 28 turi uchraydi. Togʻ oʻrmonlari va bogʻlarda kulrang moyqut va zavirushka, Qizilqumda choʻl moyquti uya quradi.[1]
Sylvia atricapilla | |
Biologik klassifikatsiya | |
|
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |