Mugʻxona
(Mug'toshdan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mugʻxona, qurum, mugʻtosh — 1) otashparastlar qarorgohi; 2) oʻtov shaklida toshdan yasalgan qabr inshooti (miloddan avvalgi III—II, milodiy V—VI-asrlar). Namangan viloyatidagi Kosonsoy yaqinidan topilgan Mugʻxona Shimoliy Fargʻonaning yarim oʻtroq qabilalariga mansub. Inshoot devorlari siniq va yupqa toshlardan qorishma ishlatilmay oval shaklida (5x8,5 m) qurilgan. Ichki xonaning chiqish tuynugi boʻlib, toshtaxta bilan berkitib qoʻyilgan. M.dan odam suyaklari, tuvak, koʻza, dastali piyola, qilich, pi-choq, jez va temir oʻq uchi, jez koʻzgu, zirak, uzuk, munchoq, nafis moʻychinak va boshqa topilgan. Idishlar qizil, qora angob bilan tirnab hoshiyalangan[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |