Mugʻanniy Safo (taxallusi; asl ism-sharifi Olloberganov Safo; 1882, Xiva yaqinidagi Gandimiyon qishlogʻi — 1940) — shoir, bastakorsozanda, jamoat arbobi. Mehnat Qahramoni (1936). XXSR maorif nozirligida madaniyat boshqarmasi boshligʻi (1920—22), yersuv islohotini oʻtkazish davrida yer shoʻʼbasi raisi (1925—26), Urganch tumani ijroiya qoʻmitasi raisi (1927—28), Xorazm okrug teatrida rejissyor (1929—37); ayni paytda oʻqituvchilik bilan shugʻullangan (1935— 37). Yoshlik kezlarida musiqa sanʼatiga qiziqib, zamonasining koʻzga koʻringan sozanda va xonandalaridan tanbur, dutor va boshqa musiqa asboblarida kuy chalish hamda ashula aytishni oʻrgangan. Komil Xorazmiyaan taʼlim olgan. Sozandalik va xonandalik mahoratini oshirish bilan birga ustozi taʼsirida sheʼrlar ham yozgan. Xorazm shoirlarining, shuningdek, oʻzining sheʼrlariga kuy bastalagan. M.ning bizga qadar yetib kelgan sheʼrlarida maʼrifatni ulugʻlash, Xorazm axlining nurli kelajagiga umid, yoshlarni millat va vatan baxtsaodati yoʻlida ishlashga daʼ-vat ohanglari ustuvorlik qiladi. M. 1937-yil 28 avgustda "xalq dushmani" sifatida qamoqqa olinib, oʻsha yilning 28-noyabrda 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan va mustabid tuzumning lagerlaridan birida vafot etgan.

Naim Karimov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil