Muhammad Alixon madrasasi (Qoʻqon)

(Muhammad Alixon madrasasidan yoʻnaltirildi)


Muhammad Alixon madrasasi (Madalixon madrasasi; Madrasai xon)Qoʻqonda saqlanib qolmagan 2 qavatli madrasa. 1827-yilda oʻzbek hukmdori Muhammad Alixon donatorligida Qoʻqon xonligi poytaxtining Boyboʻta mahallasida bunyod etilgan.

Madrasa
Muhammad Alixon madrasasi
(Madalixon madrasasi)

Muhammad Alixon madrasasi
Muhammad Alixon madrasasining janubi-sharqiy qismi. 1840—1888-yillar.
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Fargʻona viloyati
Shahar Qoʻqon
Maktab yoʻnalishi sunniy
Madrasa turi Katta
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Muhammad Alixon
Homiylar Muhammad Alixon
Asosiy sana:
Maqomi saqlanib qolmagan
Hujralar soni 97

Tarixi

tahrir

1827-yilda[1] Muhammad Alixon Qoʻqon shahridagi Haqquli mingboshi madrasasi qarshisida[2] 97 (yoki 99[3]) katta-kichik hujrali madrasa bunyod ettirgan[4]. U Qoʻqon xonligida oʻz zamonasidagi eng katta dabdabali madrasa boʻlgan[5][6]. Turkiston general-gubernatorligi davrida madrasada 7 nafar mudarris talabalarga taʼlim bergan[7].

Madrasaning vaqf hujjatiga koʻra, u Madalixon tomonidan 1829-yilda taʼsis etilgan va vaqfnomada Madalixonning va oʻsha davr qozilarining muhrlari bor. Vaqfnomada koʻrsatilishicha, jami vaqf yerlaridan 9100 tanobi ekin ekiladigan yerlar, 520 tanobi beda ekiladigan dalalar, 260 tanobi bogʻlar boʻlgan. Bundan tashqari, 3000 tanob ekin ekilmay boʻsh yotgan yerlar Madalixon madrasasiga vaqf qilib berilgan[8]. Madrasa mutavallisi vaqf mulklarini ijaraga bergan. 1877-yilda shaxardagi vaqf mulklari 425 tillaga, qishloqlardagi vaqf mulklari esa 235 tilla va 80115 pud gʻallaga ijaraga berilgan. 1881-yilda Madalixon madrasasining vaqf mulklaridan tushgan daromadi quyida koʻrsatilgan: shaxardagi vaqf mulklaridan 495 tilla ijara xaqi, qishloqdardagi mulklaridan 255 tilla va 1550 chorak gʻalla olgan.

Manbalar

tahrir
  1. Alixojiyev 2012, s. 76.
  2. „История Кокандского ханства XVIII — I половины XIX века в историографии российских исследователей“. Moluch.ru. Qaraldi: 2022-yil 13-yanvar.
  3. Alimov 2017, s. 290.
  4. Alimov 2017, s. 60.
  5. Alixojiyev 2012, s. 79.
  6. Alimov 2017, s. 61.
  7. Alixojiyev 2012, s. 43.
  8. Alimov 2017, s. 62.

Adabiyotlar

tahrir
  • Alimov I. A.. Qoʻqon xonligi madrasa va maktablari tarixi. Toshkent: Fan, 2017 — 302-bet. ISBN 978-9943-19-405-2. 
  • Alixojiyev M. O.. Qoʻqon xonligining madaniy hayotida maktab va madrasalarning tutgan oʻrni (1800—1876-yy.). Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Toshkent: Qoʻlyozma huquqida, 2012 — 182-bet.