Muhammad Amin toʻpchiboshi (Muhammad Aminbiy toʻpchiboshi) — oʻzbek davlat arbobi. Harbiy qoʻmondon va sarkarda. Oʻzbek hukmdorlari Amir Shohmurod (1785—1810) va Amir Haydarning (1810—1825) toʻpchiboshisiBuxoro amirligining harbiy vaziri.

Muhammad Amin toʻpchiboshi
Buxoro amirining toʻpchiboshisi — Harbiy vazir
Mansab davri
XVIII asrning soʻnggi choragi – XVIII asrning birinchi choragi
Hukmdor Amir Shohmurod (1785—1810)
Amir Haydar (1810—1825)
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi XVIII asr
Buxoro, Buxoro amirligi
Vafoti XIX asr
Buxoro, Buxoro amirligi
Fuqaroligi Buxoro amirligi
Bolalari Yoshi Uzoqbek

Muhammad Amin toʻpchiboshi oʻzbek hukmdori Amir Shohmurodning (1785—1810) davlatni boshqarishdagi eng yaqin kishilaridan edi. U Buxoro amirligining Xurosondagi mavqeini mustahkamlashda faol qatnashadi. Ayniqsa, Marvda Bayramalixondan keyingi notinchliklarni bartaraf etishda uning xizmati katta boʻlgan[1].

Muhammad Amin toʻpchiboshi madrasasi. (S. M. Prokudin-Gorskiy. 1911-yil may.)

Muhammad Amin toʻpchiboshi donatorligida mamalakatning poytaxtida bunyod etilgan Muhammad Amin toʻpchiboshi madrasasi bizgacha yetib kelmagan. Madrasa 1925—1929-yillarda buzib yoʻq qilingan[2].

Muhammad Amin toʻpchiboshining oʻgʻli Yoshi Uzoqbek ham otasi kabi saroy xizmatida boʻlgan. U Amir Nasrulloh (1827—1860) davrida mamlakat siyosiy hayotida faol ishtirok etib toʻqsabo lavozimigacha koʻtarilgan. Amirning Balxga yurishida qatnashgan. Otasi kabi poytaxt Buxoroda madrasa qurdirgan[1].


Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Jumanazar 2017.
  2. „Медресе Мухаммад Амин тупчибоши“. Rusrav.uz. Qaraldi: 2021-yil 29-oktyabr.

Adabiyotlar

tahrir