Said Muhammad Badruddin (vaf. hijriy 1256 /milodiy 1840-yil Surat, Hindiston) Dovudi Bohraning 46-Daʼi al-Mutlaqi. U 45-daʼi Said Toyyib Zaynuddindan keyin budiniy lavozimga tayinlangan. U 1811-yilda Bharuch shahrida tugʻilgan. Otasi Said Abde Ali Sayfuddin vafot etganida u yetti yoshda edi. U Said Muhammad Ezzuddinning qaramogʻida katta boʻlgan. Said Muhammad uni toʻrt yil davomida tarbiyalagan va taʼlim bergan.

Said

Muhammad Badruddin

مُحمّد بَدرُالدّين

Mozori-Sayfiy, Surat. Said Badruddin qabri.
Unvoni
  • Said
  • Mavlono
  • Daʼi al-Fotimiy
  • Daʼi al-Mutlaq
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1811
Vafoti

29-Jumadaul-oxir 1256-yil

27-avgust 1840-yil
Mozori Sayfi, Surat (shahar)
Dini Shialik
Turmush oʻrtoq(lar)i Amatullah AaiSohiba
Ota-onasi
Diniy oqimi Ismoiliy
Dovudi Bohra
Yurisprudensiya

Said Muhammad Badruddin hijriy 1252 /milodiy 1836-yilda Daʼi al-Mutlaq boʻlgan[1]. Uning daʼvat davri hijriy 1252–1256/milodiy 1836–1840-yillar oraligʻiga toʻgʻri keladi[2].

Said Muhammad Badruddin Said Tayyib Zaynuddinning qizi Amatulloh Aaisohibaga uylangan. Uning mazuni Said Hebatulloh Jamoliddin va mukosiri Abdulqodir Najmuddin boʻlgan. Uning oʻlimidan soʻng, merosxoʻrlik masalasi Nagpurdagi Atba-e-Malak oqimining ajralib chiqishiga sabab boʻlgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Archived copy“. 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-mart.
  2. [1]; Mullahs on the Mainframe: Islam and Modernity Among the Daudi Bohras; By Jonah Blank, p.50

Havolalar

tahrir
  • The Ismaili, their history and doctrine by Farhad Daftary (Chapter: Mustalian Ismailism, p. 300-310)
Shialik unvonlari
Muhammad Badruddin
Tavalludi: 1811 Vafoti: 27-avgust 1840
Oʻtmishdoshi:
Toyyib Zaynuddin
46–Dāʼī al-Mutlaq
hijiry 1252–1256 /milodiy 1836–1840
Vorisi:
Abdulqodir Najmuddin