Mahammed Boun Abdallah Dionne (1959-yil 22-sentyabrda tugʻilgan - 5-Aprel 2024) – senegallik siyosatchi, 2014—2019-yillarda Senegal bosh vaziri lavozimida ishlagan. U prezident Macky Sall tomonidan tayinlangan uchinchi bosh vazir. Dionne bosh vazir etib tayinlanishidan oldin Gʻarbiy Afrika Davlatlari Markaziy bankida, Birlashgan millatlar tashkilotining sanoatni rivojlantirish tashkilotida (ONUDI)[1] va prezident maslahatchisi[2] boʻlib ishlagan. Maʼlumoti boʻyicha u kompyuter muhandisi[1].

Mahammed Dionne
Senegal bosh vaziri
Mansab davri
6-iyul 2014-yil – 14-may 2019-yil
Prezident Macky Sall
Oʻtmishdoshi Aminata Touré
Vorisi Amadou Ba
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 22-sentabr 1959-yil
Gossas, Senegal
Siyosiy partiyasi Mustaqil
Taʼlim Milliy san'at va hunarmandchilik konservatoriyasi
Per Mendes-Fransiya universiteti

Yoshligi

tahrir

Dionne 1959-yil 22-sentyabrda Gossas shahrida tugʻilgan. Uni buvisi katta qilgan. Uning otasi politsiya komissari boʻlgan[3].

 
Dionne 2018-yil 10-dekabr kuni AQSh Davlat departamentida AQSh Davlat kotibi Maykl R. Pompeo bilan uchrashdi.

Siyosiy karyerasi

tahrir

Dionne amaliy iqtisodga ixtisoslashgan muhandis boʻlib ishlagan. Gʻarbiy Afrika bankida va Fransiyadagi Senegal elchixonasida Iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan[4]. U 2005-yildan 2007-yilgacha Bosh vazir Macky Sall mahkamasi direktori boʻlgan. Sall 2007–2008-yillarda Milliy Assambleya prezidenti lavozimiga oʻtganida, Dionne xuddi shu lavozimda ishlashni davom ettirgan[5]. Bosh vazir etib tayinlanishidan oldin u 2014-yilning martidan iyuligacha mamlakatni 2035-yilgacha rivojlanayotgan iqtisodiyotga aylantirish uchun iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasi boʻlgan Rivojlanayotgan Senegal rejasini (PSE) amalga oshirish boʻyicha vazir lavozimida ishlagan.

U 2017-yil iyul oyida boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida prezident Sallni qoʻllab-quvvatlovchi koalitsiya Benno Bokk Yaakaarning milliy nomzodlar roʻyxatini boshqargan[6]. Benno Bokk Yaakaarning gʻalabasidan soʻng Prezident Sall 2017-yil 6-sentyabrda Dionni qayta Bosh vazir etib tayinladi[7].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Ba, Diadie; Felix, Bate. „Technocrat Mohammed Dionne named Senegal's prime minister: state tv“. Reuters (2014-yil 6-iyul). Qaraldi: 2014-yil 11-avgust.
  2. „Presidential aide named Senegal's new PM“. Al Jazeera (2014-yil 10-iyul). Qaraldi: 2014-yil 11-avgust.
  3. „De son enfance à sa nomination comme Pm : La face cachée de Mohammad Dionne“ (French). Dakar Actu (2014-yil 10-noyabr).
  4. „Mohamed Dionne, l'homme de confiance du Président Macky Sall“ (French). VIP Peoples.net (2014-yil 7-iyul).
  5. Benjamin Roger, „Sénégal : Mahammed Dionne, le parcours sans-faute de l’homme du président“, Jeune Afrique, 13 September 2017 (fransuzcha).
  6. „Législatives : Les listes de Benno Bokk Yaakaar“, Seneweb, 10 June 2017 (fransuzcha).
  7. „Sénégal : Macky Sall reconduit son Premier ministre“, Jeune Afrique, 6 September 2017 (fransuzcha).
Siyosiy idoralar
Oldingisi
Aminata Touré
Senegal Bosh vaziri
2014–2019
Amaldagi