Doktor Mohamed Mashally (1944 — 28 iyul, 2020) yoki „kambagʻal odamlar shifokori“ nomi bilan mashhur boʻlgan misrlik shifokor boʻlib, kambagʻal bemorlarni juda arzon narxlarda yoki bepul davolab kelgani bilan tanilgan. Mashally shifokorlik faoliyatini 50 yildan ortiq davom ettirgan[1][2].

Yoshligi

tahrir

Mashally Misr shimolida joylashgan Beheira gubernatorliga qarashli Dahr El Temsah qishlogʻida tugʻilgan. Uning otasi oʻqituvchi edi. Keyinchalik bu oila Gharbiya gubernatorligidagi Tanto shahriga koʻchib oʻtgan. Qasr Al-Eini tibbiyot fakultetida tahsil olgan Mashally turli kasalliklar, jumladan, yuqumli kasalliklar boʻyicha mutaxassis ham edi[3].

1975-yilda Mashally Gharbiyada oʻz xususiy klinikasini ochadi. Shundan soʻng u bemorlardan tibbiy koʻrik uchun atigi £5 (Misr lirasi) olgan. Koʻp yillar davomida faoliyat olib borgan klinika oʻz toʻlovlarini keyinchalik £E 10 ga oshiradi, Mashally kambagʻal bemorlar uchun tez-tez bepul tekshiruvlarni ham amalga oshirib kelgan[3].

Oʻlimi

tahrir

Mohamed Mashally 2020-yil 28-iyul kuni Gharbiya gubernatorligining Tanto shahrida vafot etadi va oʻzi tugʻilgan Bexeyra gubernatorligiga dafn qilingan[4].

Manbalar

tahrir