Moʻmin mirzo
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Moʻmin mirzo, Muhammad Moʻmin Mirzo (1486—1497) — te-muriy shahzoda. Badiuzzamonttt oʻgʻli. Husayn Boyqaro nevarasi. Aqlli, ziyrak va jasoratli boʻlgan. 11 yoshida As-trobodda otasi oʻrnida hokim. M. M. amakisi Muzaffar Husayn Mirzo As-trobodni undan tortib olmoq niyatida qoʻshin bilan kelayotganini otasi yuborgan maktub orqali bilgach, shoshilinch ravishda jangga hozirlanib, shahar tashqarisiga chiqib jang qilgan. Lekin, kuchlar teng boʻlmagani tufayli M.M. asirga olinib, Hirotgajoʻnatilgan va Ixtiyoriddin qalʼasiga qamabqoʻyilgan. Husayn Boyqaroning xotini Xadicha begim oʻgʻli Muzaffar Mirzoning taxtni egallashida asosiy gʻov deb M.M.ni bilardi. U vazir Nizomulmulk bilan kelishib, Husayn Boyqaroning qattiq mastligidan foydalanib, M.M.ni zudlik bilan qatl qilish haqidagi farmonga muhr bostirib olgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |