Muhammad Murod Samarqandiy (16-asr) — musavvir, Samarqand miniatyura maktabinchng yirik vakili. Oʻziga xos uslubi, yuksak badiiy saviyadagi asarlari bilan Oʻrta Osiyoda miniatyura sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan. Firdavsiyning "Shohnoma" (1556-yilda koʻchirilgan nusxasini bezagan 115 ta miniatyurasi OʻzFA SHIda), Saʼdiyning "Boʻston" (Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida) asarlariga ishlagan miniatyuralari bizgacha yetib kelgan. M.M.S. ijodida badiiy usullarni yangilashga intilgan; anʼanaviy syujet va kompozitsiyalar tuzilishidan qochgan musavvir keskin syujetlarni tanlab olib (mas, oʻzining orqasidan ommani zulmga qarshi ergashtira olgan temirchi Kova qoʻzgʻoloni, oʻzining be-gunoxligini olovda sinash bilan isbotlagan Siyovush va boshqalar), kishilarning qiyofalarini taʼsirchan ruhiy holatda bera olgan; kam shakllar orqali qoʻshinlar, ularning sarkardalari oʻrtasidagi qizgʻin jang lavhalarini yaratishga erishgan. Asarlar koloriti jiddiy, keng boʻyokdar gammasida yorqin ranglar bilan bir qatorda ularning xilmaxil tuslaridan ham foydalanilgan; musavvirning har bir asar uchun alohida qatʼiy ranglar uygʻunligini tanlab olishi diqqatga sazovor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil