Muhammad Solih Rahim Qoraxoʻja oʻgʻli
Muhammad Solih Rahim Qoraxoʻja oʻgʻli (taxminan 1830—Toshkent – 1889) – tarixchi va geograf olim.
Muhammad Solih | |
---|---|
Rahim Qoraxo'ja o'g'li | |
Tavalludi |
1830 y Toshkent |
Vafoti |
1889-90 y Toshkent |
Fuqaroligi | Chor Rossiyasi |
Kasbi | tarixchi va geograf olim |
Tarjimai holi
tahrirToshkentning Shayxotohur dahasidagi "Qoryog'di" mahallasida tugʻilgan va shu yerda yashab ijod qilgan. M. S. bobosi mulla Abdurahimxoʻja oʻz nasabnomasi bilan Shayx Xovandi Tohur (14-asr)ga bogʻlanishini va u Toshkentning „Qiyot“ mahallasidagi Bekmuhammadbiy masjidida imomlik qilganligini va dars ham berganligini taʼkidlaydi. Otasi domla Rahmatxoʻja (laqabi Qoraxoʻja eshon) oʻz davrining bilimdon ziyolilaridan boʻlgan. M. S. ilk saboqni sakkiz yoshgacha o'z bobosidan olgan. Undan so'ng 1839-1840 yillarda bobosi unga arab grammatikasidan (sarf va nahv) dars berishga boshlagan. 1840-1852 yillar orasida Toshkentdagi Eshonquli dodxoh, Beklarbegi, Xoja Ahror, 1850 yilda (6 oy) Qoʻqondagi Azimboy va 1856-62 yillarda Buxorodagi Koʻkaldosh madrasalarida tahsil olgan.[1]
Faoliyati
tahrir1862 yilda Toshkentga qaytgan va 1863-yilda Toshkentning Qiyot mahallasidagi bobosi imomlik qilgan masjidda imom boʻlgan va dars ham bergan. M. S. Turkistonning turli joylariga safar qilgan. 1863—88 yillarda yozgan Tarixi jadidayi Toshkand („Toshkentning yangi tarixi“, uning yana bir nomi „Tarixi viloyati Toshkand“ – „Toshkent viloyatining tarixi.“) asari bevositaToshkent tarixiga bagʻishlangan birdan-bir kitobdir. Uning muallif dostonidan iborat nusxasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanadi (№ 7791). In-tfondida asarning aslidan koʻchirilgan yana ikki nusxasi mavjud (1936, 1940-yillar; № 11072, № 11073).
Muhammad Solih tabobat ilmidan ham xabardor bo'lgan, dorivor giyohlarni yaxshi bilgan. Toshkentning sharqida joylashgan tog'larga ko'p sayohat qilgan. "Tarixi jadidayi Toshkand" asarida Toshkent viloyatida bitadigan o'simliklar va ularning davolovchi xususiyatlarini tavsiflagan.
Muhammad Solihxoʻla Turkistonning turli joylariga (Toshkent,) Toshkent viloyati, Qoʻqon, Namangan, Oʻsh, Margʻilon, Buxoro, Samarqand, Qarshi,Shahrisabz) safar qilgan. U oʻz sayohatlarida olimlar, bilan, hamsuhbat boʻlgan, turli diqqatga sazovor joylarni borib koʻrgan, togʻ-toshlar (xususan Toshkent viloyati) tabiatini oʻrgangan. Toshkent mudofaasida (1865 (1865) faol ishtirok etdi.[2]
Mashhur asarlari
tahrirAsar mazmunidan ma'lum bo'lishicha, o'z davrida keng tarqalgan diniy bilimlarni o'rganish barobarida Muhammad Solih adabiy va tarixiy-geografik asarlarni ham ishtiyoq bilan o'rgangan.
„Tarixi jadidayi Toshkand“ 2 jilddan iborat. 1 jild – umumiy tarix, Turkiston va qoʻshni mamlakatlar tarixi ilgarigi tarixiy asarlar maʼlumotlari asosida yozilgan; 2 jild – oʻz navbatida 3 qismdan tuzilgan; 1 qism – 15—16-asrlardagi Fargʻona tarixi, 2 qism – 15— 19-asrlardagi Turkiston tarixi, jumladan, Qoʻqon xonligi va Toshkent tarixi, 3 qism – Toshkentning geografik tavsifi va muallifning oʻzi haqida yozganlari. 2 jild yozma manbalar, mushohidlar hikoyalari va muallifning oʻz koʻrganlari asosida yozilgan va ilmiy nuqtai nazardan eng qimmatlidir. Shunga binoan bu qism 4 faslga bo'lib keltiriladi va undan so'ng xotima sifatida muallif o'z hayotini qisqacha tasvirlab, asarni tamomlaydi.
Asarda u asosiy e'tiborni Toshkentga qaratgan bo'lsada, lekin shahar tarixini butun o'lkada kechgan voqealar ko'lankasida yoritgan.
Asarning Toshkentga bagʻishlangan qismida shahar topografiyasi (suvlari, qoʻrgʻoni, darvozalari, toʻrt dahasi, mahallalari, madrasa, masjid, maqbaralar, hammom va boshqalar), Rossiya imperiyasi tomonidan Toshkentning bosib olinishi (1865), shuningdek, Toshkent viloyatiga oid qismida esa viloyatdagi mevali daraxtlar, poliz ekinlari, Turkistonning katta qismida tarqalgan dorivor giyohlar, foydali qazilmalar, oʻsimlik va hayvonot olami va turli kasalliklar (bezgak, zotiljam, koʻzapusht, vabo, sarsom, istiskr, kulanj va boshqalar) haqida maʼlumotlar bor. Toshkentning sharqidagi togʻlar tavsifi ayniqsa mufassaldir. Shaharning muallif davridagi tarixi ham batafsil va aniq yoritilgan.
Adabiyot
tahrir- Oʻrinboyev A., Boʻriyev O., Toshkent Muhammad Solih tavsifida, T., 1983; Munirov K., Irisov A., Nosirov A., Toshkent tarixida baʼzi siymolar, 1983.[3]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |