Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi — shoir Muhammad Yusuf sharafiga ochilgan Andijon shaxrida joylashgan ijod maktabi.
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi | |
---|---|
Joylashgan yeri | |
Amir Temur koʻchasi, 26-uy Andijon shahri, Andijon viloyati, Oʻzbekiston, | |
Maʼlumot | |
Maktab turi | Ijod maktabi |
Asos solingan sanasi | 2017-yil |
Mutaxassislar | 35 nafar |
Direktor | Nurmatova Shoxistaxon Muhammadjonovna |
Gender | qiz, oʻgʻil |
Oʻquvchilar soni | 264 nafar |
Classes | 7-11 |
Til | Oʻzbekcha |
Website | [Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi] |
Ochilish tarixi
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25-iyul 2017-yildagi 539-son „Andijon shahrida Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab va Muhammad Yusufning byusti oʻrnatilgan xiyobonni tashkil etish toʻgʻrisida“gi qarori[1] eʼlon qilinganidan soʻng, 2017-yil 1-sentyabrda Andijon davlat universiteti qoshidagi 4-son akademik litsey hududida ochilgan[2].
Maktab, Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda 2017 — 2018-o‘quv yilidan boshlab zamonaviy maktabni o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, o‘quv-metodik majmualar, o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar hamda badiiy adabiyotlar bilan taʼminlangan.
Maktabning har bir sinfdagi o‘quvchilar soni 20 nafarni tashkil qiladi, 7-sinflarga qabul qilish esa ijodiy tanlovlar, ona tili va adabiyot fanlaridan, shuningdek psixologik-pedagogik diagnostika bo‘yicha test va boshqa sinovlar asosida amalga oshiriladi.
Imtiyozlari
tahrirIjod maktabi bitiruvchilariga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga ega boshqa tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, yirik kompaniya va birlashmalarga ishga joylashishda ko‘maklashiladi[3]. Undan tashqari maktab imtiyozlariga quyidagilar kiradi:
• 5 mahal bepul ovqat
• Bepul yotoqxona[4]
Maktab sharoitlari
tahrirOʻzbekiston Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Badiiy akademiya 2017-yil 1-sentabrgacha Andijon shahridagi 4-son akademik litsey binosining 1-qavatida 150 o‘rinli o‘quv binosini ona tili va adabiyotga ixtisoslashtirilgan maktabga moslashtirish bo‘yicha taʼmirlash ishlarini amalga oshirib, foydalanishga topshirgan va byustning ijodiy va texnik parametrlarini ishlab chiqish hamda uni sifatli yaratish vazifalarini bajarish bilan bog‘liq hamma xarajatlar Andijon viloyati mahalliy byudjyeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan[2].
Maktab standart texnik maktab jihozlaridan boshqa, nazariy bilimlarni amalda mustahkamlash uchun maxsus ishlab chiqilgan uskunalar bilan toʻldirilgan. Ilmiy laboratoriyalar va namoyish zallari zamonaviy jihozlarga ega. Maktabda interaktiv hamda monitor elektron doska mavjud. Maktabda oʻquvchilar foydalanishi uchun 50 dan ziyod kompyuterlar mavjud boʻlib, oʻquvchilar jihozlardan shaxsiy (oʻyin-kulgi, tarmoq uchun) foydalanishlari mumkin. Maktabning oʻz tibbiy markazi va barcha zarur anjomlar bilan jihozlangan sport majmuasi ham mavjud[4].
Maxsus avtobus
tahrir3-iyun 2019-yil Maktab jamoasiga Muhammad Yusuf xiyobonida mehnat faxriylari, ijodkorlar, davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari, o‘quvchi-yoshlar ishtirokida Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov Prezident sovg‘asi — avtobusni topshirgan[5].
Muzey
tahrirMaktab binosining ichida kichik muzey tashkil qilingan boʻlib, unda shoir Muhammad Yusufning shaxsiy fotolar toʻplami, yozuv mashinkasi va asarlari, onasi uchun yozgan maktubi, 1950-yillari maktabda foydalangan partasi va 1978-yil harbiy xizmatdan olib kelgan akkordeoni, paltosi hamda shaxsiy buyumlari jamlangan.
Muzey galereyasi
tahrir-
Muzey koʻrinishi
-
Muhammad Yusufning fotolari toʻplami
-
Muhammad Yusufning shaxsiy buyumlari: Radio, qoʻlsoat, soqol olish uskunasi, pichoqcha, jomadon
-
Muhammad Yusufning ota-onasiga yozgan maktubi
-
Muhammad Yusufning paltosi
-
Muhammad Yusufning cholgʻu asboblari
-
Muhammad Yusufning yozuv mashinkasi
-
Muhammad Yusufning maktabda foydalangan partasi, 1950-yil
-
Muzey dekoratsiyasi
-
Muhammad Yusufning harbiy xizmatdan olib kelgan akkordeoni, 1978-yil
Maktab galereyasi
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „ANDIJON SHAHRIDA MUHAMMAD YUSUF NOMIDAGI ONA TILI VA ADABIYOTI FANINI CHUQURLASHTIRIB O‘QITISHGA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MUHAMMAD YUSUFNING BYUSTI O‘RNATILGAN XIYOBONNI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA“. Qaraldi: 9-iyun 2023-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „Muhammad Yusuf nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi“ (2017-yil 4-avgust). Qaraldi: 9-iyun 2023-yil.
- ↑ „Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari davlat va chet tillarini mukammal bilishi shart“ (2019-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 9-iyun 2023-yil.
- ↑ 4,0 4,1 „Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi“. Qaraldi: 9-iyun 2023-yil.
- ↑ „Andijondagi Muhammad Yusuf ijod maktabiga Prezident sovg‘asi topshirildi“ (2019-yil 4-iyun). Qaraldi: 9-iyun 2023-yil.