Muhammad ibn Ahmadibn Muhammad ibn Muso al-Buxoriy al-Malohimiy (Abu Nasr) — muhaddis. U milodiy 925-yil (hijriy 312-yil) tavallud topgan. Naysobur va Bag‘dodda „Rafʼul yadayn“(„Namozda ikki qo‘lni ko‘tarish masalasi“), „al-Qiroat xalfal imom“(„Imom ortida turib qiroat qilish“) kitoblarini Mahmud ibn Isʼhoqdan rivoyat qilgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Muhammad al-Malohimiy milodiy 1005-yil (hijriy 395-yil) jumoduloxir oyida 83 yoshida vafot etgan[1].

Muhammad al-Malohimiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 925-yil (hijriy 312-yil)
Vafoti milodiy 1005-yil (hijriy 395-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Manbalar

tahrir
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 113-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.