Muhammad ibn Abdurrahmon Dag‘uliy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad ibn Abdurrahmon Dag‘uliy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | shayx |
Muhammad ibn Abdurrahmon Dag‘uliy — shayx bo‘lgan.
Abulabbos Muhammad ibn Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Abdulloh Saraxsiy Dagʻuliy Xuroson shayxi boʻlgan. Hokim „Muzakkiru-l-ahbob“ kitobida aytgan: „Abulabbos Xurosonda oʻz asrining lugʻat, fiqh va rivoyat bobida imomlaridan biri edilar. Muhammad ibn Yahyo Zuhliy, Abdurrahmon ibn Bishr va ularning tengqurlari ilmidan bahramand boʻlish maqsadida Naysoburda bir necha yil istiqomat qilganlar. Iroq va Hijozda Muhammad ibn Ismoil Ahmasiy va u kishining tengqurlaridan hadis yozib olganlar“. Zaʼfaroniy, Saʼdon ibn Nasr, Ahmad ibn Miqdom Ijliy, Ahmad ibn Sayyor, Ahmad ibn Zuhayr, Muslim ibn Hajjoj, Muhammad ibn Abdulloh ibn Quhzoz, Muhammad ibn Mushkon, Ahmad ibn Hafs ibn Abdulloh, Muhammad ibn Abdulkarim Abdiy, Muhammad ibn Ismoil Soigʻ, Muhammad ibn Jahm, Abu Qiloba, Hasan ibn Abu Rabiʼ, Ali ibn Husayn ibn Abu Iso, Abu Yahyo ibn Abu Masarra, Ahmad ibn Abu Gʻaraza, Muhammad ibn Muhallab Saraxsiy, Abdulloh ibn Hoshim Tusiy, Abu Zurʼa Roziy, Ahmad ibn Yusuf Sulamiy, Ahmad ibn Azhar va ularning tabaqasidagilardan hadis rivoyat qilganlar. Ilm jamlagan, asar yozgan. Muhammad ibn Abdurrahmon Dag‘uliydan Abu Hotim ibn Hibbon, Abu Ahmad ibn Adiy, faqih Abu Valid, Muhammad ibn Ahmad Karobisiy, Yahyo ibn Amr Bustiy, Abu Abdulloh ibn Abu Zuhl, Abu Bakr Javzaqiy, Jaʼfar ibn Muhammad ibn Horis, hofiz Abu Ali Naysoburiy va boshqalar hadis rivoyat qilgan. Alloma qalamiga mansub „Al-odob“, „Fazoilu-s-sahoba“ va boshqalar kitoblar mavjud. Hokim aytgan: "Ustoz Abu Validning: "Abulabbos Dagʻuliydan: „Nima u-n bomdod namozida qunut oʻqimaysiz?“ (shofiʼiy mazhabida oʻqiladi) — deb soʻralganida, u kishi: „Tan rohati, shahar ahlining sunnati, farzandlar va ahli oila bilan murosa qilish u-n“, — deb javob bergan ekanlar", — deganlarini eshitdim". Hokim aytgan: "Saraxsda Abu Saʼid Muhammad ibn Ahmad Karobisiyning: "Saraxsdaligimizda Abu Ahmad Abdulloh ibn Adiy Buxoroga ketayotib huzurimizga keldilar. Ketayotganlarida u kishiga: „Biz bu diyorda Abulabbos Dagʻuliydek olimni koʻrmadik“, — deyishdi. Shunda Abu Ahmad aytdilar: „Nafaqat bu shahar, men qancha yurt kezgan boʻlsam ham, Abulabbos Dagʻuliy kabi olimni koʻrmadim“, — deganlarini eshitdim". Hofiz Abu Bakr Ahmad ibn Ali ibn Husayn aytganlar: "Imom Abu Bakr ibn Xuzayma bilan birga amir Shahidni tabriklamoq va sobiq amir Abu Ibrohimning taʼziyalari izhori uchun Samarqandga bordik. U yerdan qaytayotganimizda, Ibn Xuzaymaga qarab: „Safarlarimda Abulabbos Dagʻuliydek odamni koʻrmaganman“, — deganimda, u kishi: „Men ham Abulabbosdek olimni koʻrmadim“, — dedilar". Ibn Xuzaymaning soʻzlari asossiz aytilgan emas. Vaholanki, Muhammad ibn Abdurrahmon Dag‘uliyning katta va keng ilmlarini eʼtirof etgan holatda aytilgan soʻzlardir. Hokim aytgan: "Yahyo ibn Amr Bus-tiyning aytishlaricha, Abu Husayn Hajjojiydan Abulabbos Dagʻuliy: „Hofiz Abu Ali hozir nima qilyaptilar? Qanday kitob yozyaptilar?“ — deb soʻradilar. Shunda Abu Husayn: „Muslim ibn Hajjojga raddiya kitobi yozyaptilar“, — deb javob berganlarida, Abulabbos Dagʻuliy bu kishining xatti-harakatlarini qoralab ikki misra sheʼr aytganlar". Ibn Abu Zuhl aytgan: "Abulabbos Dagʻuliyning: "Safarda boʻlsam ham, yurtimda boʻlsam ham, doimo toʻrt kitob: Muzaniyning kitoblari, „Al-ayn“ kitobi, Buxoriyning „Tarix“ kitoblari, „Kalila va Dimna“ kitobi men bilan birga", — deganlarini eshitdim". Hokim aytgan: "Menga Jaʼfar ibn Muhammad ibn Horis aytib berdilar. U kishiga Abulabbos Dagʻuliy, u kishiga Muhammad ibn Yahyo, u kishiga Yahyo Vuhoziy, u kishiga Abdulloh ibn Busrning mavlolari Ummu Hoshim: „Men sahobiy Abdulloh ibn Busrga tahorat suvi hozirlayotganimda, u kishi toʻsatdan oʻlib qoldilar“, — deb aytib bergan ekanlar". Hokim aytgan: "Abulabbos Dagʻuliy: „Bir necha olimlar toʻsatdan gʻoyib boʻlganlar yo vafot etganlar. Jumladan, Abdurrahmon ibn Abu Laylo Jamojim kuni (Ibn Ashʼas bilan Hajjoj oʻrtasidagi gʻazot kuni) yoʻq boʻlganlar, Maʼmar ibn Roshidning qabrlari qaer-daligi hech kimga maʼlum emas, Badal ibn Muhabbarning qaerga ketganliklarini hech kim bilmaydi. Shaʼbiy, Humayd Tovil, Avzoʼiy kabilar toʻsatdan vafot etganlar“, — deganlarini eshitdim". Hokim aytgan: "Muhammad ibn Abdur-rahmon ibn Dagʻuliydan bobolarining vafotlarini soʻraganimda: „U kishi 325/937—yilda olamdan oʻtganlar“, — deb aytdilar"[1].
Adabiyotlar
tahrir- „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.
Manbalar
tahrir- ↑ Шамсиддин Заҳабий. Сияру аълами-н-нуба-ла. Ж.14. – 557; Имом Шамсиддин Заҳабий. Сияру аъламин нубало. Машҳур даҳолар сийрати. Таржимон А. Иноятов. – Б. 187.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |