Muhammadiya masjidi (malaycha: Masjid Muhammadiah) – Malayziyaning Perak shtati Kinta tumani, Ipoh shahrida joylashgan masjid.

Masjid
Muhammadiya masjidi
malaycha: Masjid Muhammadiah
Muhammadiya masjidi
Mamlakat  Malayziya
Perak shtati Kinta tumani, Ipoh shahri
Koordinatalar 4°38′57.7″N 101°6′26.7″E / 4.649361°N 101.107417°E / 4.649361; 101.107417
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Xitoy meʼmorchiligi
Meʼmor Noor Dahlan
Binokorlik sanasi 2013 yil
Oʻlchami 1 500 nafar
Bino maydoni 0.4 gektar
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1

Tarixi

tahrir

Hozirda masjid joylashgan hududda 1973-yilda Muhammadiya madrasasi qurilgan. 1978-yilda esa u yerda kichik surau (Sumatra va Malay yarimorolining baʼzi hududlarida ibodat qilish va diniy taʼlim berish maqsadida foydalaniladigan islomiy majlis binosi) qurilgan va 2007-yilning 21-dekabrida masjidga aylantirilgan[1]. Binodan 2013-yil avgust oyidan kundalik namoz oʻqish uchun foydalanila boshlangan[2]. Muhammadiya masjidi 2014-yil 18-iyulda Perak sultoni Nazrinshoh tomonidan rasman ochib berilgan. Bu mamlakatdagi Xitoy uslubida qurilgan ikkinchi masjid hisoblanadi[3]. Inshootni qurish ishlariga jami Malayziya Xitoy musulmonlari uyushmasining Ipoh boʻlimi va masjid qoʻmitasining saʼy-harakatlari bilan 4 million MYR sarflangan[4]. 2019-yilning avgust oyida masjidni obodonlashtirish maqsadida taraqqiyot va taʼlim markazi uchun zal qurish ishlari bilan boshlangan[2].

Arxitekturasi

tahrir

Masjid Xitoy meʼmorchiligi uslubi asosida 0.4 gektar maydonda qurilgan[3][5]. Binoning yarim oy shaklidagi kirish eshigi, yashil tomlari, qizil ustunlari va minorasi mavjud[4]. Masjid tomlari Xitoyning Longyan shahridan keltirilgan. Bosh namozxonaning shifti lotus gullari naqshlari bilan bezatilgan[3]. Masjid bir vaqtning oʻzida 2000 tagacha namozxonni sigʻdira oladi[1].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Masjid Muhammadiah“ [Muhammadiah Mosque] (ms). Jabatan Kemajian Islam Malaysia. Qaraldi: 2021-yil 19-iyul.
  2. 2,0 2,1 Adnan, Normawati. „Naik taraf dewan Masjid Muhammadiah bermula Ogos“ (ms). Sinar Harian (2019-yil 16-iyun). Qaraldi: 2021-yil 19-iyul.
  3. 3,0 3,1 3,2 Mat Arif, Zahratulhayat. „Chinese mosque celebrates all races during Ramadan“. New Straits Times (2019-yil 8-may). Qaraldi: 2021-yil 19-iyul.
  4. 4,0 4,1 Leong, Ewe Paik. „10 tourist attractions in the Kinta Valley“. New Straits Times (2017-yil 16-fevral). Qaraldi: 2021-yil 19-iyul.
  5. Yeo, Amanda. „Towards healthy, liveable cities“. New Straits Times (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 19-iyul.