Muhammadiyev Avliyoxon (1906.16.8, Margʻilon — 1988.21.10, Fargʻona) — gidrobiolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1966), biologiya fanlari doktori (1959), professor (1960). Urta Osiyo universitetining tayyorlov boʻlimini (1931), Fargʻona pedagogika institutini (1934) tugatgan. Shu institut kimyo va biol. kafedralarida assistent (1935——1936), katta oʻqituvchi (1937—39), zoologiya kafedrasimudiri (1939—1979), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti gidrobiologiya va ixtiologiya laboratoriya mudiri (1979—1981), Fargʻona pedagogika instituti zoologiya va umumiy biol. kafedrasi professor (1981——1988). Oʻzbekiston gidrobiologiya jamiyati raisi (1969——1984). Muhammadiyevning ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo suv xavzalari tipologiyasi, qisqichbaqasimonlar ekologiyasi, sistematikasi va zoogeografiyasini oʻrganishga bagʻishlangan. Suv havzalaridan unumli foydalanishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqqan. Fargʻona va Margʻilon shaharlaridagi koʻchalardan biriga, Fargʻona davlat universiteti tabiiyot fakultetiga uning nomi berilgan

Manbalar

tahrir
  • Materiali k gidrobiologii risovix poley Ferganskoy dolini, T., 1969; Gidrobiologiya vodoyomov Ferganskoy dolini, T., 1967; Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi, T., 1964; 1976; Rakoobraznie vodoyomov Ferganskoy dolini, T., 1986; Tabiat muhofazasi va ekologiya, T., 1986 (hamkorlikda).