Muhammadrasul Rasuliy
Muhammadrasul Rasuliy (1884 — Toshkent — 1935) — oʻzbek maʼri-fatparvari, pedagog. Toshkentdagi Beklarbegi madrasasida oʻqigan. 1907-yildan rus-tuzem maktablarida dars bergan. 1917-yildan keyin maktablarda oʻqituvchilik qilgan, savodsizlikni tugatishda faol ishtirok etgan. Rus-tuzem va yangi usuldagi maktablar uchun darsliklar ("Rahbari forsiy", "Qiroati forsiy yoxud muntaxabi guliston", "Bolalar bogʻchasi") yozgan. "Rahbari forsiy" kitobi (1911, 1914, 1917-yillarda nashr etilgan)da fors tili qoidalari oʻzbek tilida bayon qilingan. "Qiroati forsiy yoxud muntaxabi guliston" (1916) xrestomatiya kitobida qisqaqisqa forscha matnlar 56 darsga boʻlib berilgan, baʼzi forscha soʻzlarga oʻzbekcha izoh yozilgan. "Bolalar bogʻchasi" alifbe kitobi boʻlib, tovush usulida tuzilgan. Uning 2nashri 1917-yil Toshkentda chiqqan. Bu darslikda K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy, SM. Gramenitskiyning oʻquv kitoblaridan tarjimalar berilgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |