Muhosibiy (toʻliq ismi: Abu Ali al-Horis ibn Asad al-Anaziy; tax. 781-yil, Basra — 857-yil) — ilohiyotchi, soʻfiylikning ilk nazariyotchisi.

Hayoti

tahrir

Yoshligida Bag‘dodga koʻchib kelgan va oʻqishni mustaqil shu joyda davom ettirgan. U zohidona turmush kechirgan, otasi qoldirgan katta merosdan voz kechgan. Muhosibiy mu’taziliylarning „inson irodasi erkinligi“ haqidagi taʼlimoti tarafdori boʻlgan. Uning taqvosi va bilimdonligi unga katta shuhrat keltirgan va atrofida kuplab shogirdlar toʻplanishiga sabab bo ‘lgan. Biroq, taxminan 846-yil Ibn Hanbal boshchiligidagi hanbaliylarning quvgʻini natijasida u vaʼz va darslarini toʻxtatishga majbur boʻlgan. Ahmad ibn Hanbal Muhosibiyni qarashlari tufayli „bid’atchi“ deb eʼlon qilgan. Koʻp tarafdorlarga ega boʻlgan Ahmad ibn Hanbal Muhosibiyni Bagʻdoddan Kufaga chiqib ketishga majbur qilgan. Shu bilan birga „Muhosibiyga janoza oʻqilmasligi“ haqida fatvo beradi. Shundan soʻng Muhosibiy darveshona hayot kechirib, ijtimoiy faoliyatni toʻxtatib, qashshoqlikda yashagan. U 855-yil Ahmad ibn Hanbalning vafotidan keyingina Bagʻdodga qaytgan. Ustozlari. Yazid ibn Horun (vaf. 821 y.) va Abu Ishoq Qurashiy boʻlgan. Ulardan Hadis va fiqhni oʻrgangan. Shogirdlari. Bagʻdodning mashhur sufiylari Nuriy (vaf. 907-y.) va Junaydga (vaf. 910-y.) ustozlik qilgan. Ilmiy merosi. Muhosibiy 30dan ziyod asar yozgan, ulardan mashhurlari „Kitab ar-rioya li-huquq Alloh“ („Allohning haqlariga rioya qilish“), „Kitab at-tavahhum“ va „Kitab al-baʼs va-nnushur“ („Qayta tirilish va yigʻilish kitobi“), sufiylikka qadam qoʻyganlar uchun oʻgitlar sifatida „Kitob alvasoya“ („Tavsiyalar kitobi“). Muhosibiy asarlarida nafs, inson tabiati, uning zaif jihatlari, ularni yengib oʻtish yoʻllari, ruhiy mashqlarni tasvirlab berish orqali zuhdning ruhiy jihatlariga katta eʼtibor qaratgan hamda u oʻz asarlarida tasavvufning ruhiy-psixologik jihatlarini mohirona ochib bergan. Riyo aralashgan xudojoʻylikdan saqlanishga chaqirgan.

Faoliyati. Muhosibiy shaxs oʻz-oʻzini kamolotga yetkazishining asosiy vositasi oʻz-oʻzini kuzatuv va oʻzini nazorat qilishi (muroqaba va muhosaba) deb bilgan. Muhosibiy laqabi shundan olingan yaʼni „oʻzini-oʻzi nazorat qilish, oʻziga-oʻzi hisob berish tarafdori“ degan maʼnoni anglatadi. Muhosibiy inson qalbi va nafsining yashirin intilishlarini tadqiq etishi bilan oddiy zuxd va zohidlardan ilgarilab ketgan.

Muhosibiyga ko‘ra, riyo - avliyolarga xos bo‘lgan ruhiy poklik va kamolotga erishish yo‘lidagi asosiy to‘siqdir. Muhosibiy, agar inson o‘z ichki dunyosini muhosaba va ixlos bilan isloh etsa, Alloh uning tashqi olamini nafs mujohadasi va sunnaga ergashish bilan to‘g‘rilab qo‘yadi, degan qarashlarni ilgari surgan. Olim oddiy zohidlikdan ko‘ra hissiy kamolotni ilgari surgan. Muhosibiy qarashlarini G‘azzoliy ham qabul qilib, yuqori baholagan. Muhosibiy 857-yil vafot etgan[1][2][3][4][5][6][7][8][9][10][11][12][13][14][15][16].

Manbalar

tahrir
  1. Hakim Termiziy. Navodir al-usul. – Bayrut, 2010; Xdkim Termiziy.
  2. Xatm al-avliyo. – Bayrut, 1965
  3. Kalobodiy, Abu Bakr. at-Taarruf li-mazhab ahl at-tasavvuf. – Qohira, 1994;
  4. Abu Nasr Sarroj Tusiy. al Luma*. – Qohira, 1960;
  5. Hujviriy. Kashf al-mahjub. – Misr, 1974. T.N .;
  6. Shihobuddin Suhravardiy. Avorif al-maorif. – Bayrut, 1992; Lisoniddin
  7. Xatib. Ravzat at-taʼrif bi-l-hubb ash-sharif. – Qohira, 1966; Muhammad
  8. Anvar Badaxshoniy. Akidatut-Tahoviya sharhiningtalxisi.-Toshkent, 2014.
  9. Hakim Termiziy. Navodir al-usul. – Bayrut, 2010; Xdkim Termiziy.
  10. Xatm al-avliyo. – Bayrut, 1965
  11. Kalobodiy, Abu Bakr. at-Taarruf li-mazhab ahl at-tasavvuf. – Qohira, 1994;
  12. Abu Nasr Sarroj Tusiy. al Luma*. – Qohira, 1960;
  13. Hujviriy. Kashf al-mahjub. – Misr, 1974. T.N .;
  14. Shihobuddin Suhravardiy. Avorif al-maorif. – Bayrut, 1992; Lisoniddin
  15. Xatib. Ravzat at-taʼrif bi-l-hubb ash-sharif. – Qohira, 1966; Muhammad
  16. Anvar Badaxshoniy. Akidatut-Tahoviya sharhiningtalxisi.-Toshkent, 2014.

Havolalar

tahrir
 
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda Muhosibiy haqida sahifa mavjud.