Muhammad gʻuriy, Muiziddin Muhammad (?—1206) — gʻuriylar sulolasidan boʻlgan sulton; Hindiston fotihi. 1173-yil akasi Gʻiyosiddin Muhammad Gʻuriy Gʻazni viloyatini bosib olgach, M.Gʻ. unga hokim etib tayinlangan. 1175-yil Sharqiy Afgʻoniston va Shimoliy Hindistonga bosqinchilik yurishlari qilishni boshlagan. 1186-yil soʻnggi gʻaznaviylar poytaxti Lohurni bosib olib, Gʻaznaviylar davlatiga xotima bergan. 1192-yil Gorain yonida Shimoliy Hindistonning rajput hukmdorlari qoʻshinlarini tormor keltirgan va bir necha yil ichida Gang daryosi vodiysidagi koʻplab yerlarni egallab olgan. Gʻiyosiddinning vafotidan soʻng (1203), Gʻuriylar davlati sultoni boʻlgan. Bu davlat hududi Afgʻonistonning katta qismi va Shimoliy Hindistondan tarkib topgan. X,indlarning gakhar qabilasi tomonidan oʻldirilgan (1206). M.Gʻ. saltanati harobalarida Dehli sultonligi barpo etilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil