Mulkiy jinoyatlar (OʻzRda) -iqtisodiy jinoyatlardan biri. Mulkiy jinoyatlar oʻzgalar mulkini talontoroj qilish bilan bogʻliq boʻlgan va bogʻliq boʻlmagan jinoyatlarga boʻlinadi. Mulkni talontoroj qilish va talontoroj qilish bilan bogʻliq boʻlmagan, ammo jinoyat tufayli mulkiy zarar kelib chiqadigan jinoyatlar uchun javobgarlik JK "Maxsus qismi"ning 11 — 13-boblarida nazarda tutilgan. Mulkni talontoroj qilish uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi JKning 10-bobida berilgan boʻlib, bularga bosqinchilik (JK, 164modda), tovlamachilik (JK, 165modda), talonchilik (JK, 166modda), oʻzlashtirish yoki rastrata qilish (JK, 167modda), firibgarlik (JK, 168modda), oʻgʻrilik (JK, 169modda) jinoyatlari kiritilgan. Mulkni talontoroj qilish — oʻzganing mulkini yoxud mulkiy huquklarni q.asddan qonunga xilof ravishda gʻaraz niyatlarda qaytarib bermaslik maqsadida qonuniy egasi yoki mulk uchun javobgar boʻlgan yoxud mulkning gʻayriqonuniy egallanishiga toʻsqinlik qilgan shaxsdan aybdorning oʻz ixtiyoriga yoki bo-shqaning ixtiyoriga olinishidir. Mulkiy jinoyatlarning predmeti — insonlarning mehnati natijasida yaratilgan, iqtisodiy jihatdan foydali sotish, sotib olish va almashuv qiymatiga ega boʻlgan, insonlarning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondiradigan buyumlar, sanoat yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, shuningdek, Oʻzbekiston puli yoki chet el valyutasi hisoblanadi. Oʻzgalar mulkini talontoroj qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jinoyatlarga, aybdorning qarakati tufayli mulk shaklidan qati nazar, oʻzgalarning mulkiga zarar yetka-zuvchi yoki mulkni nobud qiluvchi jinoyatlar (JKning 170— 174moddalari), iqtisodiy asoslarga putur yetkazuvchi jinoyatlar (JKning 175— 185moddalari) hamda xoʻjalik soqasidagi jinoyatlar (JKning 186—192moddalari) kiradi.

Mirzayusuf Rustamboyev.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil