Mulla Norqul jome masjidi
Mulla Norqul jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Bekobod tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Masjid | |
Mulla Norqul ome masjidi
Mulla Norqul | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Bekobod |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Rahmon domla Utanov |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Joylashuvi va faoliyati
tahrirMulla Norqul jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Bekobod tumani, Uyas qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Gʻalaba mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Muhammad domla Mamatov boʻlib, Juma namozlari vaqtida mav’ziyalari bilan qoʻshni masjidlarda ham ishtirok etadi. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.60 gektar joyda 7000 kishiga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, onalar va bolalar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Uyas qishloq fuqarolar yigʻini, Gʻalaba fuqarolar yigʻini, Nurli osmon mahalla fuqarolar yigʻini, Nayman qishloq fuqarolar yigʻini, Taraqqiyot koʻchalari, Ziyolilar mahalla fuqarolar yigʻini, Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini, Tinchlik mahalla fuqarolar yigʻini, Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini, Chegara mahalla fuqarolar yigʻini, Qamchiq mahalla fuqarolar yigʻini, Birlik mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.
Tarixi
tahrirMulla Norqul jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Mazkur masjidda namozxonlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan boʻlib, qoʻshni va chet ellik sayyohlarning tashrif buyurishini inobatga olib, ayollar uchun alohida namozxona, tahoratxona hamda, maxsus Ona va bola uchun alohida xonalari barpo etildi. Mazkur masjidga mahalliy aholining takliflariga koʻra ushbu masjidga nomi qilib – „Mulla Norqul“ deya nomlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ „МУЛЛА НОРҚУЛ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"МУЛЛА НОРКУЛ" МАСЖИДИ“. "МУЛЛА НОРКУЛ" МАСЖИДИ. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.