Munchoqtepa (Janubiy Surxon)
Munchoqtepa, Qorovultepa – qadimiy shahar xarobasi (miloddan avvalgi 1-asr – milodiy 14—15-asrlar). Janubiy Surxon suv omborining shimoliy chekkasida joylashgan. Ark va mudofaa devori bilan oʻralgan shahristondan iborat. Miloddan avvalgi 1— milodiy 6—7-asrlarda shahar hayoti taraqqiy etgan[1].
Munchoqtepa xarobalari Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani Munchoqtepa MFY hududida joylashgan. Hozirda arxeologiya yodgorligi sifatida davlat muhofazasiga olingan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Vazirlar Mahkamasi qarorida obyekt davri V—VIII asrlar ekanligi koʻrsatilgan. Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida[2][3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Munchoqtepa“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 6-jild (Miriy — Parxish). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2003 — 704-bet.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Backend.madaniymeros.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |