Munda (oʻzlarini xoroko — odamlar deyishadi) — Hindistondagi xalq. Asosan, Bihar shtatida 2 mln. dan ortiq (1990-yillar oʻrtalari), Bangladeshda taxminan 20 ming kishi, Gʻarbiy Bengaliya, Orissa va Madhya-Pradeshda yashaydi. Xindistonning eng kad. axoliyey ajdodi. Ularni dravidlar, soʻngra oriy qabilalar Markaziy Xindistonning togʻli, oʻrmon rayonlariga surib chiqarganlar. M. 18-asr oxiridan inglizlarning mustamlaka asoratiga tushgan. 1818—20, 1855—95 yillarda M.larning yirik milliy ozodlik qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtgan. M.lar munda tillarida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, hin-duizm, xristian va anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qilishadi. M. dehqonchilik, baliq ovlash, ovchilik, hunarmandchilik va terimchilik bilan mashgʻul, bir qismi konlarda va metallurgiya sano-atida ishlaydi. Goʻshtni kam isteʼmol qilishadi, sut ichish man qilingan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil