Munira Tursunxoʻjayeva
Munira Saʼdullayevna Tursunxoʻjayeva (1921.19.11 — Toshkent — 1976.7.4) — terapevt, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968). Tibbiyot fanlari doktori (1956), professor (1957). S. Tursunxoʻjayevning qizi. Toshkent tibbiyot akademiyasi ni tugatgach (1941), shu institut gospital terapiya klinikasida ordinator (1941—44), davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasida assistent (1944—51), dotsent (1951—57), professor (1957—60), stomatologiya fakulteti ichki kasalliklar kafedrasi mudiri (1960—69), davolash fakulteti gospital terapiya kafedrasi (1969—71), ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi (1971—76) mudiri. Ilmiy ishlari Oʻrta Osiyoning issiq iklim sharoitida uchraydigan ichak kasalliklari, ateroskleroz va boshqalarda moddalar almashinuvining oʻzgarishlarini oʻrganishga hamda geriatriya va gerontologiyaning turli dolzarb masalalariga oid. Toshkentdagi tibbiyot kollejlaridan biriga T. nomi berilgan.
Manbalar
tahrir- K vitaminoterapii ateroskleroza v usloviyax Uzbekistana, T., 1974.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |