Munozara:Abdulloh al-Mahdiy Billoh

AT boʻyicha

tahrir

Alpasli matndagi avtomat tarjimaga doir qismlarni aniq koʻrsatsangiz. Agar matnning katta qismi AT boʻlmasa, bu andozani joylashtirishingiz maʼqul emas deb hisoblayman. Lazizbek95 (munozara) 06:47, 15-May 2024 (UTC)

Nataev ingliz tilidan tarjima qilingan ushbu matnning avtomat tarjimaga doir qismlari boʻyicha munosabat bildira olasizmi. Rahmat! Lazizbek95 (munozara) 06:49, 15-May 2024 (UTC)
Masalan, Badaviylar qoʻzgʻoloni va Ramlaga qochish boʻlimchasi deyarli toʻliq mashina tarjimasidan iborat:
11-asrda Fotimiylar tarafdori sifatida yozgan maʼlumotida qoʻzgʻolonni ismoiliy doʼiyning uch oʻgʻli qoʻzgʻatgani taʼkidlangan. Bu yerda qoʻzgʻotish soʻzi oʻz oʻrnida qoʻllanilmagan. Shuningdek,
Haqiqat nima boʻlishidan qatʼiy nazar, qoʻzgʻolon Saidning xabari va ruxsatisiz sodir boʻlgan koʻrinadi, ammo keyinchalik Fotimiy manbalarida Zakaravayh Saidning ukasini yashirin imom vakili va qoʻzgʻolon rahbari sifatida badaviylarga tanishtirganini daʼvo qilgan. qatʼi nazar boʻladi. Va soʻz xabari va ruxsatisiz deyilganda nima nazarda tutilgani nomaʼlum. Qisqasi, maqola AT. Alpasli (munozara) 06:57, 15-May 2024 (UTC)
Oʻzi matnni toʻliq oʻqib chiqdingizmi? Matn ichida qoʻzgʻotish soʻzi mavjud emas, balki qoʻzgʻatgan deyilgan. Agar matnda bitta soʻz boʻlsa, uni koʻtargan soʻzi bilan almashtirish mumkin. Biroq, qoʻzgʻatish soʻzi faqat qozonga nisbatan qoʻllanmaydi. Ikkinchi gapdagi birinchi eʼtiroz ham tarjima emas, balki imlo bilan bogʻliq. Boshqa munozarada aytganimdek, matn hajmi kattaligi tufayli bir ikkita imloviy xatolar qolishi mumkin. Matnni oʻqib, xabari va ruxsatisiz soʻzini tuzatishga yordam bersangiz minnatdor boʻlardim. Lutfan! Lazizbek95 (munozara) 07:05, 15-May 2024 (UTC)
Lazizbek95, yuqorida bahsi kechayotgan boʻlim deyarli toʻliq mashina tarjimasidan iboratdir dedim. Agar uzun matnni oʻnglsh qoʻlingizdan kelmasa, Chala/kichik qilib yaratishni tavsiya etaman. Kamchiliklari oz boʻlganida tuzatgan boʻlardim. Yoqimli tahrirlar. Alpasli (munozara) 08:17, 15-May 2024 (UTC)
Ingliz tilini yaxshi biladigan foydalanuvchilarning fikrini kutganimiz maʼqul deb oʻylayman. Nataev vaqtingiz boʻlsa, shu masalani bir koʻrib bera olasizmi? Laziz Baxtiyorov (munozara) 08:18, 15-May 2024 (UTC)
Hormanglar! Maqolani oʻqib chiqishga vaqt topa olmasam kerak, ammo kirish gap menimcha gʻaliz oʻgirilgan: "hukmdorlik nomi al-Mahdiy biʼlloh ... sifatida mashhur". @Laziz Baxtiyorov, maqolani yana bir marta sinchiklab oʻqib, tahrirlasangiz, gaʻlizliklar qolmasligiga ishonaman. Nataev munozara 13:29, 15-May 2024 (UTC)
...regnal name... maʼnosi shu atrofda boʻlgani uchun shunaqa tarjima boʻlgan edi. hukmdorlik nomi ...... bilan mashhur deb toʻgʻrilab qoʻydim. Lekin maqolaning umumiy mazmuni, oʻylashimcha {{ATI}} andozasini qoʻyib ketish darajasida boʻlmasa kerak. Laziz Baxtiyorov (munozara) 17:15, 15-May 2024 (UTC)
Alpasli siz aytgan boʻlimdagi kamchiliklar bartaraf etildi. Maqolada yana qanaqadir salbiy holatlarga koʻzingiz tushsa tuzatib qoʻya olasizmi? Lazizbek95 (munozara) 05:53, 18-May 2024 (UTC)
Lazizbek95, vaqt ajratib tahrir etganingiz uchun rahmat. Andoza olib tashlandi, yoqimli tahrilar. Alpasli (munozara) 13:43, 19-May 2024 (UTC)
„Abdulloh al-Mahdiy Billoh“ sahifasiga qaytish.