Munozara:Ariana Afghan Airlines


Avtomatik tarjima

tahrir

Umarxon III, maqola 68% avtomatik tarjima qilingan. Qolgani oʻzim tomonimdan oʻgirilgan. Tarjima jarayonida aynan qaysi gaplar sizga avtomatik tarjimaday tuyildi? Janob Mirzaolim (munozara) 07:40, 8-Sentabr 2023 (UTC)

Janob Mirzaolim, „Afgʻonistonning flagman tashuvchisi“ bu yerda „Afgʻonistonning yetakchi aviashirkati“ deyilgani maʼqulroq. Manbalar orasi yana ochiq qolgan. „Oktabr“ emas, „Oktyabr“. „Tolibonning marhamati bilan Bin Lodin Afgʻonistonning milliy fuqarolik aviakompaniyasi Arianani samarali ravishda oʻgʻirlab oldi“ jumlasi gʻaliz. „Quyidagi roʻyxat kamida bitta halokatga olib kelgan, ishtirok etgan samolyotning hisobdan chiqarilishiga olib kelgan yoki ikkalasini ham oʻz ichiga oladi“ jumlasi ham. Shu va boshqa kamchiliklar tuzatilsa, andozani olib tashlayman. Hurmat bilan, Umarjon Rahimov (munozara) 09:50, 8-Sentabr 2023 (UTC).
Hurmatli Umarjon Rahimov, „Afgʻonistonning flagman tashuvchisi“ jumlasi „Afgʻonistonning flagman aviatashuvchisi“ deb oʻzgartirildi. Siz aytgan „yetakchi aviashirkati“ deb atash mumkin emas. Chunki flagman aviatashuvchi (flag carrier (inglizcha) yoki Flagmanskiy perevozchik (ruscha)) bu yetakchi aviashirkatdan koʻra kengroq tushuncha boʻlib, u hukumat tomonidan alohida imtiyoz yoki prefernsiya berilgan aviakompaniyalarga nisbatan qoʻllaniladi.
Manbalar orasidagi ochiqlik bartaraf etildi.
Siz keltirgan ikkita gʻaliz jumla, toʻgʻrilandi. Qayta oʻqib koʻring, maʼqul kelsa ATni olib tashlaysiz Janob Mirzaolim (munozara) 12:12, 9-Sentabr 2023 (UTC)
Maʼqul. Olib tashladim. Umarjon Rahimov (munozara) 15:28, 9-Sentabr 2023 (UTC).
„Ariana Afghan Airlines“ sahifasiga qaytish.