Munozara:Arman genotsidini inkor etish

Arman genotsidini inkor etish maqolasi tanlangan maqola statusiga nomzod boʻlgan. Bu maqolaga tanlangan maqola statusini berish boʻyicha ovoz berish 2023-yil 23-noyabr sanasida yakunlanib, oxirida jamoa qaroriga binoan status berilgan.


TM statusidan mahrum qilish

tahrir

maqola uchun man keltirib oʻtgan argumentlarga aniq javob berilmagan hech qanday. buning oʻrniga, Mustafo Kamol Otaturkdan keltirgan jumlaga yopishib olingan faqat. yuqorida javob berilishi va qondirilishi lozim boʻlgan qismlariga koʻz yumilgan shunchaki. munozarada aytib oʻtganimdek, maqola AT tarjima orqali yaratilgan. buning isboti oʻlaroq quyida bir qancha oʻrnaklar keltirib oʻtaman yaxshisi.

kirish qismining oʻzidan:

  1. Genotsiddan keyin ayblovchi hujjatlar muntazam ravishda yoʻq qilinib keladi — Genotsiddan keyin ayblovchi hujjatlar? ayblovchi hujjat oʻta gʻaliz jumla. ibora kabi qoʻllanilgan bu yerda. va soʻnggida „...yoʻq qilib keladi“ nima degani? kim yoʻq qilib keladi? yoʻq qilib kelinadi boʻlsa durustroq boʻladi biroz
      Tuzatildi Matnda „yoʻq qilib keladi“ shaklida qoʻllanmagan edi. „yoʻq qilinib keladi“ shaklida qoʻllangan. Taklifingizga binoan „yoʻq qilib kelinadi“ shakliga oʻzgartirildi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 15:05, 23-Noyabr 2023 (UTC)
  2. 2023-yil holatiga koʻra inkor qilish Turkiya Respublikasi har bir hukumatining siyosati boʻlib kelmoqda. 2023-yilga qadar Turkiya Respublikasini boshqarib kelgan hukumatlar tomonidan asosan „inkor etish“ siyosati olib borilgan. adashmasam muallif shunaqa demoqchi boʻlgan yoki shu shaklda qoʻllasa tushunarliroq. Inkor etish siyosati 1991-yilda Ozarbayjon Respublikasi tomonidan ham qabul qilingan. 1991-yil „Inkor etish“ siyosati Ozarbayjon hukumati tomonidan ham qoʻllab-quvvatlangan, deyilsa boʻlmasmidi?
    Birinchi gapda agar taklif qilingan variant qoʻllansa „2023-yilda Turkiya Respublikasi inkor etish siyosatidan voz kechgan“ degan mazmun kelib chiqadi. Ayni shu mazmundan qochish uchun Nataev shu shaklda tahrir qilgan ekanlar. Bu uchun tashakkur.
    Ikkinchi holatda matnning inglizcha variantida „later adopted by the Republic of Azerbaijan, as of 1991.“ shaklida qoʻllangan va bu yerda supported soʻzi yoʻq. Shunday ekan, „qoʻllab-quvvatlangan“ variantini kiritish xatolik boʻladi deb oʻylayman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 15:05, 23-Noyabr 2023 (UTC)
  3. armanlarning „koʻchirilishi“ urush davrida imperiyaning mavjudligiga tahdid soladigan haqiqiy yoki taxminiy arman qoʻzgʻoloniga javoban qonuniy davlat harakati boʻlgan degan taxminga asoslanadi. haqiqiy yoki taxminiy qoʻzgʻalon qanaqa boʻladi?
      Tuzatildi
  4. 1920-yillardan beri Turkiya genotsidning boshqa mamlakatlarda rasman tan olinishi yoki hatto eslatilishining oldini olishga harakat qilib keladi. 1920-yillardan beri oʻrniga XX asrning 20-yillaridan buyon... ishlatgan afzalroq.
    Ikkala jumla ham ayni maʼnoni anglatib, maʼnoda tafovut koʻzga tashlanmas ekan, almashtirish shart emas, deb hisoblayman. Sababi tarjima qilingan matnda ham Since the 1920s,... shaklidan foydalanishgan. Laziz Baxtiyorov (munozara) 15:05, 23-Noyabr 2023 (UTC)
    1920-yillar deyilgani oʻquvchi uchun ham qulay. Men statusga chiqargan barcha maqolalarda shunday koʻrsatganman. Buning argumentli sababi ham bor. Kagansky munozara 17:34, 23-Noyabr 2023 (UTC)
  5. Rad etish odatda „armanlar xiyonati, bosqinchilik, jinoyatchilik va hududiy ambitsiyalar ritorikasi“ bilan birga taʼkidlanadi inkor etish iborasini kirish qismidayoq joriy etilgan edi. ammo, kirish qismining oʻzidayoq buni inkor qilgandek rad etish deyilmoqda. biri tanlangani durust emasmi?
      Tuzatildi Laziz Baxtiyorov (munozara) 15:05, 23-Noyabr 2023 (UTC)
  6. Bu inkorning eng muhim sabablaridan biri genotsid turk milliy davlatini barpo etish imkonini berganidir. Genotsidga nisbatan inkor etish siyosati olib borilishining asosiy sabablaridan biri milliy Turkiya Respublika tashkil etilishida bu genotsidning oʻrni boʻlganligidadir...ga oʻxshash matn ishlatilsa oʻrinliroq, shunday emasmi?
      Tuzatildi Laziz Baxtiyorov (munozara) 15:05, 23-Noyabr 2023 (UTC)

xulosa oʻrnida, maqoladan olingan matn oʻrnaklari kirish qismidan olindi, xolos. kirish qismidan man keltirib oʻtmagan gʻalizliklar yana bor aslida. shuningdek, maqola matnini oʻqish jarayonining oʻzida gʻaliz ekanligini anglash mushkulmas. maqolaning barcha qismini oʻqib chiqishga sabrim yetmaydi, AT maqolalar oʻqishdan charchadim chunki. agar lozim boʻlsa, toʻligʻini oʻqib chiqib ham kamchiliklarini keltirib oʻtaman. hozirgi holatida TMga hech loyiqmas Alpasli (munozara) 14:00, 23-Noyabr 2023 (UTC)

Xatoliklarni koʻrsatib berganingiz uchun rahmat. Matnda yana xatoliklarga duch kelsangiz ushbu munozaraga yozing. Albatta, har bir maqola birgalikda tuzatilganda yanada goʻzallashadi. Yana bir bor rahmat. Laziz Baxtiyorov (munozara) 15:05, 23-Noyabr 2023 (UTC)

Fikrlar

tahrir

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Xulosa

tahrir
„Arman genotsidini inkor etish“ sahifasiga qaytish.