Munozara:Badiiy ijod yo'nalishlari vikipedia

BADIIY IJOD YOʻNALISHLARI — badiiy usul tarixiy mazmunga ega boʻlib, badiiy ijod yoʻnalishlari sanʼat turlari b-n bogʻliq. Sanʼat tarixida klassisizm, romantizm, tanqidiy realizm, realizm, yangi realizm kabi badiiy ijod yoʻnalishlari ayni vaqtda xuddi shunday badiiy usul turlari mavjud boʻlgan.

Absolyutizm

tahrir

Mutlaqlik (absolyutizm) tartibotlari hukmronligi davrida jamiyat oʻrtasidagi yangi munosabatlar muayyan ijtimoiy ongni vujudga keltirdi. Bu hol yangi badiiy ijod yoʻnalishlari -klassisizmning paydo boʻlishiga olib keldi. Klassisizm sanʼatkorlari, odatda, aql-donish aqidalaridan kelib chiqib ijod qilar edilar. Ularning nafosatli orzusi va aqidalari badiiy umumlashtirishning maxsus usulini belgilab berdi.

Voqelik

tahrir

Voqelikni muammolar va ziddiyatlar tarzida badiiy ifodalash maʼrifatchilik sanʼatida muhim ahamiyat kasb etdi. Uni, odatda, „maʼrifatchilik realizmi“ deb ataydilar. Bu ijod yoʻnalishi klassisizm yoʻnalishidan farqli ravishda oʻz asarlari mavzusini qadimgi madaniyatdan emas, balki oʻziga zamondosh voqelikdan oldi. Mazkur yoʻnalish markaziga „uchinchi tabaqa“ oddiy odamlarning oilaviy va fuqarolik fazilatlari aks etgan boʻlib, zodagonlarning axloqiga qarama-qarshi qoʻyilgan.

Romantizm

tahrir

Romantizm ijodiy usuli Fransiya inqilobi bilan ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy hayotida roʻy bergan tub oʻzgarishlardan (XVIII asr oxiri) soʻng vujudga keldi. Romantizm yoʻnalishida yaratilgan sanʼat asarlarida noyob shaxslar qiyofalari aks ettirildi. Romantizm jamiyat bilan murosasiz ziddiyatga yuz tutgan shaxsning ichki dunyosini birinchi marta asosiy mavzu qilib oldi. Romantizm ichki kechinmalari noyob boʻlgan shaxsning faqat oʻz kuchiga ishonishi, qalb amriga quloq solishi tasvirlanadi. XIX-XX asrning 1-yarmida badiiy ijodning tanqidiy realizm yoʻnalishi sanʼat turlarining deyarli barcha jabhalarida keng va teran namoyon boʻldi. Tanqidiy realizm tarixiylik va ijtimoiylik xususiyatlariga ega. SHaxsni badiiy anglash klassisizmda ham romantizmda ham mavjud edi. Lekin tanqidiy realizmda shaxs asarning asosiy mazmunini tashkil etadi, muallifning asl maqsadlari, rejalari, intilishlari ochiq-oydin ifodalanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • Falsafa qomusiy lug'at (2004-yil). Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2004. 
„Badiiy ijod yo'nalishlari vikipedia“ sahifasiga qaytish.