Munozara:Bosh Sahifa/Arxiv 2
- Ushbu sahifa Bosh Sahifa munozarasining arxividir. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
"Boshqa Turkiy tillardagi Vikipediya ensiklopediyalari"
tahrirBu bölümdə nəyə görə Azərbaycan dili yoxdur? Zəhmət olmasa əlavə edin. Təşəkkürlər.--PPerviz 19:16, 9 fevral 2011 (UTC)
Vikipediyani barcha tahrirlashi mumkinmi?
tahrirShu paytga qadar Vikipediyani ingliz tilidagi shaklini ishlatardim, o`zbek tilidagi vikipediyaga o`z hissamni qo`shishim mumkin... Ammo bazi maqolalarni tahrir qila olmadim... shunday ham bo`lishi mumkinmi? rahmat.Kumushbibi 14:58, 19 mart 2011 (UTC).
- Assalomu alaykum, Kumushbibi. Aynan qaysi maqolalarni tahrirlay olmadingiz? Casual 17:21, 19 mart 2011 (UTC).
Almanca konuşan Vikipedi soru/Вопрос от немецко-говорящих Википедии
tahrirIyi günler, ne yazık ki, Dilinizi bilmiyorum. Ama bir sorum var. Nasıl Özbek diline "Türkistan İslam Partisi" arayabilirim? Çok teşekkür ederim.
Yangi "tanlangan maqola" kerak
tahrirHurmatli foydalanuvchilar, vikipediyamizning bosh sahifasiga yangi "tanlangan maqola" unvoniga ega boʻlgan maqolani yozish vaqti keldi. Variantlaringizni yozing.
Meni variantim: Sharof Rashidov maqolasini tahrirlab, maʼlumotlar qoʻshib, uni "tanlangan maqola" darajasiga olib chiqish. --Casual 14:47, 16 iyun 2011 (UTC)
- Ajoyib taklif! Mangа mа'qul, ma'lumot qidirishni boshlаyman :) Lyncos 15:29, 16 iyun 2011 (UTC)
- Yaxshi taklif, lekin maqolaning muammolari bor. Shaxsan menga mana bu maqolani bosh sahifaga olib chiqish osonroqdek tuyuldi. Abdullamunozara 16:45, 16 iyun 2011 (UTC)
- Omg, mani eng birinchi maqolalarimdan biri =) Ok, hozirchalik Cristiano Ronaldoni olib chiqa turib, Sharof Rashidovning maqolasi tayyor bo'lganidan so'ng olib chiqish mumkin. --Casual 16:59, 16 iyun 2011 (UTC)
Farğona juda qadimiy diyorlardan biri... Abdushukurov Ziyovuddin (munozara) 18:52, 3-Dekabr 2020 (UTC)
Maqolalar mavsumi Maftuna1707 (munozara) 09:38, 15-Aprel 2021 (UTC)
Ismlar, xalqaro tashkilotlarning nomlari va boshqalarning asliyatda yozilishi haqida
tahrirBarak Obama, nima uchundir, Barack Obama deb yozilyapti. O‘zbek tilida "c" degan harf ham, "k" bilan birga birikadigan tovush ham yo‘q. Nima uchun bunday? Asliyatdagi kabi yozish deysizmi buni? Asliyatdagi kabi yozsak, ko‘p ismlar, juda ko‘p ism va boshqa tashkilot nomlari tushunarsiz bo‘lib qoladi (misol uchun, Stephen Fryni Stiven (yoki Stefen) Fray deb aytiladi, ammo aytilganidek yozilmaydi). O‘ylab ko‘rish kerak. — Bu xabarni Tashfootball (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
- Gap shundaki, ismlar tarjima qilinmaydi. Masalan, Sherzod Erkinovni inglizchada Lionkind of Freedom deb tarjima qilinmaydi. Biz ham John Smithni Yahyo Temirchi deb oʻgirmaymiz. Yoki Facebook, biz uni Diydorkitob deb yozmaymiz. Modomiki soʻz tarjima qilinmas ekan, uni shundayligicha, oʻzgartirmasdan yozish kerak. Bill Geyts, Feysbuk — bular aynan oʻzgartirilgan shakllardir. Boshqa muammo ham bor: keltirgan misolingizdagi Stephen Fry ismini qanday yozish kerak — Stivenmi, Stefenmi, Stivnmi? Ism lotin alifbosida ekan, uni aynan aslidagidek yozish osonroq (boshqa yozuvlarga asoslangan tillar uchun xos lotinlashtirish tartiblari bor, msl, pinyin, romaji, translit). Teskarisi ham oʻrinli, yaʼni bizning ismlarimizni ham boshqa tillarda oʻzgartirmasdan yozish tendensiyasi kuzatilmoqda (msl, Ravshan Ermatov, Irmatov emas; Odil Ahmedov, Adyl Akhmedoff emas; Ulugʻbek Baqoyev, Ulughbek Bakoev emas va hk). Abdullamunozara 07:09, 17 iyun 2011 (UTC)
- Men xorijiy tashkilot nomlari/ismlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish kerak deganim yo‘q, bu narsa xayolimga ham kelgan emas, bu - kulguli (umuman olganda, qiziq bo‘lardi: Vladimir Putin - Jahongir Yo‘lchi; lekin baribir kulguli). Pardon, fikrimni tushuntirish uchun kirillchadan foydalanaman (chunki shu ochiq ensiklopediyadan foydalanayotganlarning aksariyati oliy ta’lim muassasalarida kirill yozuvida ta‘lim olmoqda, shu yozuvdagi adabiyotlarni o‘qimoqda). Men qanday talaffuz qilinsa shunday yozilsin demoqchiman. Google’ni гооглэ yoki гогл demaysiz-ku, to‘g‘rimi? (vohalanki, aynan shunday degan hamyurtlarimiz song mingta). Gugl deysiz. Stephen Fry juda ham o‘rinli misol. Buni ko‘rgan, inglizchani bilmagan odam ko‘ziga (inglizchani bilmaydiganlar ko‘p), buning ustiga o‘zbekcha matnning o‘rtasida, matn lotin yozuvida bo‘lsa ham, bu Stiven Fray (bu ruslarning tarjimasi) bo‘lib emas, Степхен Фрй bo‘lib ko‘rinadi, menimcha. Originalda yozilgani yaxshidir balki, ammo erta-indin, masalan, mashhur fransuzlar haqidagi maqolalarning qo‘shilishi boshlansa, ahvol ancha o‘g‘irlashsa kerak. Bu masalada turklardan ibrat olish kerak deb o‘ylamayman. Ular Vikipediyadada Jan-Jak Russoni Jean-Jacques Rousseau deb yozishadi, ammo Shvetsiyani, nima uchundir, "İsviçre" deyishadi (Sweden deyishsin, axir!). Ozarboyjonlar, masalan, Jan Jak Russo deb oddiy qilib yozib qo‘yisharkan. Agar o‘rganish kerak bo‘lsa, eronliklardan o‘rganish tarafdoriman: ular o‘zlarini qiynab Fransiya deyishmaydi, ular o‘zlariga moslab Faronse deyishadi (e‘tiborga olishingizni xohlardimki, hozir qiynalmasdan ayta olayotgan xorijiy so‘zlarimizni o‘zgartirishni taklif qilayotganim yo‘q, taklifim Jeeves va Wooster va Jivz va Vuster deb aytish va yozish bilan bog‘liq, xolos). — Muhrim 13:04, 22 iyun 2011 (UTC).
- Aynan shuning uchun ham biz ismlar qanday oʻqilishini yozamiz. Maqolaning eng boshida, ismdan keyin, qavs ichida talaffuzini yozamiz. Redirekt qoʻyamiz (msl: Maykl Jekson → Michael Jackson). Bilmaydigan odam oʻsha joyga qarab bilib oladi. Ozarbayjonlar masalasiga kelsak, ular qilayotgan ish juda gʻalati. Ular ism talaffuzini olishmaydi, balki oʻsha ismning ruscha versiyasini olib (!) translit (!!) qilishadi (msl: Vasco da Gama ismini ozarbayjonlar Vasko da Qama deb yozishipti, vaholanki u Vashku de Gama deb aytiladi); yaʼni koʻr-koʻrona oʻrischa matnni olib, lotinlashtirib qoʻyishadi. Darvoqe, bizning baʼzi mutasaddilar ham shu tarzda ishlashadi: oʻzbekcha ism → ruscha talaffuzi → inglizchaga translit; natijada pasportlarimizda Gulyam Ishmatov, Kadyr Lyazizov kabi nodonliklar paydo boʻladi. Abdullamunozara 07:06, 24 iyun 2011 (UTC)
- Men xorijiy tashkilot nomlari/ismlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish kerak deganim yo‘q, bu narsa xayolimga ham kelgan emas, bu - kulguli (umuman olganda, qiziq bo‘lardi: Vladimir Putin - Jahongir Yo‘lchi; lekin baribir kulguli). Pardon, fikrimni tushuntirish uchun kirillchadan foydalanaman (chunki shu ochiq ensiklopediyadan foydalanayotganlarning aksariyati oliy ta’lim muassasalarida kirill yozuvida ta‘lim olmoqda, shu yozuvdagi adabiyotlarni o‘qimoqda). Men qanday talaffuz qilinsa shunday yozilsin demoqchiman. Google’ni гооглэ yoki гогл demaysiz-ku, to‘g‘rimi? (vohalanki, aynan shunday degan hamyurtlarimiz song mingta). Gugl deysiz. Stephen Fry juda ham o‘rinli misol. Buni ko‘rgan, inglizchani bilmagan odam ko‘ziga (inglizchani bilmaydiganlar ko‘p), buning ustiga o‘zbekcha matnning o‘rtasida, matn lotin yozuvida bo‘lsa ham, bu Stiven Fray (bu ruslarning tarjimasi) bo‘lib emas, Степхен Фрй bo‘lib ko‘rinadi, menimcha. Originalda yozilgani yaxshidir balki, ammo erta-indin, masalan, mashhur fransuzlar haqidagi maqolalarning qo‘shilishi boshlansa, ahvol ancha o‘g‘irlashsa kerak. Bu masalada turklardan ibrat olish kerak deb o‘ylamayman. Ular Vikipediyadada Jan-Jak Russoni Jean-Jacques Rousseau deb yozishadi, ammo Shvetsiyani, nima uchundir, "İsviçre" deyishadi (Sweden deyishsin, axir!). Ozarboyjonlar, masalan, Jan Jak Russo deb oddiy qilib yozib qo‘yisharkan. Agar o‘rganish kerak bo‘lsa, eronliklardan o‘rganish tarafdoriman: ular o‘zlarini qiynab Fransiya deyishmaydi, ular o‘zlariga moslab Faronse deyishadi (e‘tiborga olishingizni xohlardimki, hozir qiynalmasdan ayta olayotgan xorijiy so‘zlarimizni o‘zgartirishni taklif qilayotganim yo‘q, taklifim Jeeves va Wooster va Jivz va Vuster deb aytish va yozish bilan bog‘liq, xolos). — Muhrim 13:04, 22 iyun 2011 (UTC).
Andozalar
tahrirMana bunaqa andozalarni qanday qilib qilsa bo‘ladi, o‘zbekcha Vikipediyada? Hech qila olmadim. O‘rgatinglar, iltimos! -- Muhrim 15:43, 6 Avgust 2011 (UTC).
Menda ham shu muommo maqolalar qanday yuboriladi Maftuna1707 (munozara) 09:46, 15-Aprel 2021 (UTC)
Turkic speaking wikipedians conference
tahrirSalem dostar, Men Qazaq Wikipediasynyn atynan habarlasip turmin. Bizder Karasha ayinin ortasinda Tyrki tildes elderdin Wikipediashylarinin basyn kosatyn Kuryltai otkizudi oilagan edik. Ar elden kelgen qonaqtar ozderinin qalai damyp zhatqandygyn habarlap, oi bolissek. Kuryltai Almaty qalasinda otedi. Ar elden 2 adamga grant beru maselesin sheship zhatyrmiz. Eger ozderinizge qyzyq bolsa, habar berinizder!?
Qurmetpen, --Ashina 08:58, 7 oktabr 2011 (UTC)
Dear Friends, I am writing on behalf of Kazakh Wikipedia. We were planning to conduct an event for the Turkic speaking Wikipedians in mid of November this year. The agenda will cover discussion on small language wikipedia development, experience from other countries and etc. The meeting will be in Almaty, so we are starting the negotiotions regarding the travel grants for 2 person from each Wikipedia. If you have any ideas to discuss, don't hesitate to contact me.
Sincerely, --Ashina 08:58, 7 oktabr 2011 (UTC)
- Salom, Ashina!
- Qoldirgan eʼloningiz uchun katta rahmat! Qurultoyda qatnashish taklifingiz juda qiziqarli. Qatnashishdan juda ham mamnun boʻlur edik. Rivojlangan Qozoq va Ozari Vikipediyalardan oʻrganishimiz kerak nimarsalar talaygina. Abdullamunozara 09:47, 7 oktabr 2011 (UTC)
- Greetings, Ashina!
- Thank you for the announce! Your proposal is very interesting. We'd be hugely glad to participate in the event. There are many things to learn about from developed Kazakh and Azeri Wikipedias. Abdullamunozara 09:47, 7 oktabr 2011 (UTC)
- Salem Abdulla, there are Turkish WP as well. We'll glad to see you in Almaty. Could you please share this information to other wikipedians as well? We need couple of presentations from Uzbek WP. Please contact to info@wikibilim.kz --Ashina 05:10, 13 oktabr 2011 (UTC)
Qaysi mavzulaeda maqolalar yaratish kk.Men yangi qo‘shildim.Va umuman olganda maqolalarga qiziqaman Maftuna1707 (munozara) 09:45, 15-Aprel 2021 (UTC)
Savol
tahrirNima uchun bizning bosh sahifamizda umumiy ro`yxatga yo`llovchi yo`q U chap panel tillar quyida bo`lishi kerak.. menimcha bu sahifaga
- U Yangi o‘zgarishlar sahifasidagi VikiBo‘limlar havolasi sahifasida joylashgan.
Uzim haqidagi ma'lumotlarni kiritsam buladimi vikipediya ga Shermax23 (munozara) 15:37, 2-Avgust 2019 (UTC)
Persian
tahrirHi. Persian Wikipedia has more than 168000 articles and should be added to your main page template. Thanks.78.80.198.6 20:42, 20 dekabr 2011 (UTC).
Dutch
tahrirDutch wikipedia (nl.wikipedia.org) has >1.000.000 articles and should be placed on the right spot on your main page template. Thankx, Tjako 20:19, 15 fevral 2012 (UTC)
Musulmonlar gunohsizligi
tahrirAbdulla aka siz yangiliklarga islomni tanqid qiluvchi degan iborani ishlatibsiz iltimos tanqid qiluvchimas mazaxlovchi deb yozishingiz lozim edi. Tanqid degan ibora bo'lgan yoki qilgan ishga aytilsa kerak. Muhammad payg'ambar U kinodagi ishlarni qilmagan. U kinoda islom dinini mazaxlagan va tuxmat qilishgan. Mirzoulug'bek (munozara) 17:45, 30 sentabr 2012 (UTC).
- Inglizchada „anti-Islam“ deyishipti, „aksil-Islom“ qilib oʻzgartirdim. Abdulla munozara 06:13, 2 oktabr 2012 (UTC)
Bosh sahifada To`liq ro`yxat
tahrirBosh sahifaga boshqa vikipediya bo`limlariga o`xshab tillar ro`yxati oxirida To`liq ro`yxat joylashtirish mumkinmi? - CoderSI.
- Bunga linkmi? Oldin tegishli sahifani toʻldirish va tuzatish kerak. Abdulla munozara 11:45, 15 mart 2013 (UTC)
- Sahifani yangilash masalasida muammo tug`ilishi mumkin. Sahifani doimo yangilab turish uchun doimiy ishlab turadigan internetga ulangan server kerak bo`ladi. Bot yaratish muammo tug`dirmaydi, menimcha. 213.230.92.10 12:17, 15 mart 2013 (UTC).
121,978 maqola
tahrirGood job!!! — Bu xabarni 217.76.68.154 (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
Savol
tahrirNmaga man yozgan maqolalar o'chib ketyabdi? Talabga javob bersa ham! Abdulatif Atxamov (munozara) 04:17, 16 dekabr 2013 (UTC)
- Bu yerda javob yozdim: Foydalanuvchi munozarasi:Abdulatif Atxamov#RE:Salom --Xusinboy Bekchanov (munozara) 07:59, 16 dekabr 2013 (UTC).
Wikimania 2015 scholarships
tahrirDear Wikimedians,
Wikimedia Polska Association will fund up to two international scholarships to this year's Wikimania conference, to take place in Mexico City, on July 15-19, 2015, covering air fare, conference fee, accomodation and insurance. See here for information on how to apply for the scholarship, what the requirements are and how to contact us. Feel free to distribute this message to any relevant Wiki pages and mailing lists. On behalf of the WIkimedia Polska Scholarship Commitee, Wpedzich (munozara) 20:44, 24-Fevral 2015 (UTC)
isn't not
tahrir"It isn't not a general forum."
You can say:
It isn't a general forum
or
It is not a general forum
Either of those would be fine. Varlaam (munozara) 21:47, 19-Yanvar 2016 (UTC)
- Thank you! --Xusinboy Bekchanov (munozara) 12:03, 20-Yanvar 2016 (UTC).
Bosh sahifa dizayni
tahrirMalikxan, sahifa dizaynini mustaqil oʻzgatirmang. Avval koʻrib chiqishga arziydigan variant tayyorlang, keyin shu yerda boshqalar fikrini soʻrang. Nataev munozara 06:14, 18-Fevral 2020 (UTC)
- Nataev, men sizdan inglizcha Vikipediyanikidek qilib oʻzgartirishni taklif qildim. Siz esa qarshi emasligingizni bildirdingiz. Ha, mayli. Siz aytganingizcha boʻla qolsin. Malikxan munozara 14:04, 18-Fevral 2020 (UTC)
Bosh sahifa dizayni II
tahrirBarchaga salom. Oʻzbekcha Vikipediya Bosh sahifasi dizaynini inglizcha Vikipediya bosh sahifa tepasidek qilib oʻzgartirsak nima deysizlar? Shu maqsadda, Abdulla, Amir Temur, Jamshid Nurkulov, Nataev, Nataeva, PlanespotterA320, Xusinboy Bekchanov, Umarxon III va Vikichizar, iltimos, fikringizni bildirishingizni soʻrayman! Malikxan munozara 14:14, 18-Fevral 2020 (UTC)
Bosh sahifa dizaynini oʻzgartirish
tahrirBarchaga salom, doʻstlar!
Oʻzbekcha Vikipediyaning joriy bosh sahifa dizayni mobil versiyasida biroz buzilishlarni kuzatdim. Men Oʻzbekcha Vikipediya bosh sahifasi dizayniga biroz oʻzgartirish kiritilgan versiyasini quyidagi sahifada taqdim etaman, qarang: Foydalanuvchi:Malikxan/test2. Bosh sahifa dizaynini yuqoridagi sahifadagidek qilib oʻzgartirsam, nima deysizlar? Hurmatli Abdulla, Akmaljon Nabiev, Amir Temur, Asadbek Botirqulov, Changez36, Jamshid Nurqul, ITPRO.UZ, Kagansky, Khasan azim1, MirshohidIsmatov, Muxriddin Azimov, Nataev, Nataeva, PlanespotterA320, Umarxon III, Vikichizar, Xusinboy Bekchanov, iltimos, fikr-mulohazalaringizni bildirib, rozi, qarshi yoki betaraf ekanligingizni keltirib oʻting. Oldindan rahmat! :) Malikxan munozara 18:04, 6-Noyabr 2020 (UTC)
- Roziman, menda ham mobil versiyasida bilinarli buzilishlar bor. — Kagansky (munozara) 14:33, 7-Noyabr 2020 (UTC)
- Roziman - Muxriddin Azimov (munozara) 14:47, 7-Noyabr 2020 (UTC)
- Roziman, yaxshi tashabbus, faqat maqolalar sonini hozirgidek qaling yozsangiz yaxshi boʻlar edi deb oʻylatman. Asadbek Botirqulov (munozara) 15:35, 7-Noyabr 2020 (UTC)
- @Asadbek Botirqulov: Xoʻp, maqolalar sonini qalin qilamiz. :) Malikxan munozara 16:01, 7-Noyabr 2020 (UTC)