Muoz ibn Jabal

Sahoba, faqih, qori va muhaddis.

Muoz ibn Jabal (arabcha: معاذ بن جبل род. 603, Yasrib - 639, Ash-Shuna ash-Shamaliya, Iordaniya) - Muhammad payg'ambarning sahobasi, faqih, qori va muhaddis. Jushama ibn al-Xazraj qabilasining Banu Adda ansorlaridan biri.

Iordaniyada Muoz ibn Jabal qabri

Biografiyasi

tahrir

Muoz ibn Jabal Madinada tavallud topgan [1]. U Xazraj qabilasidan edi. 18 yoshida Islomni qabul qilib, Aqabadagi ikkinchi qasamyodda qatnashgan. Musulmonlarning mushriklar bilan janglarida qatnashgan. U butun Qur'onni yoddan bilardi. Muoz ibn Jabal islom huquqining (fiqh) zo'r biluvchisi bo'lib, Payg'ambarimiz hayotligida fatvolar e'lon qilgan. Islom an'analariga ko'ra, Muhammad payg'ambar Muozni Qur'on bo'yicha eng yaxshi mutaxassislar qatoriga kiritganlar. Paygʻambarimiz tomonidan Yamanga Islomga da’vat qilish uchun yuborilgan. U yerdan solih xalifa Abu Bakr Siddiq davrida qaytib keldi. Suriyaga borib, vaboga chalingan va 38 yoshida vafot etgan. Muoz rivoyatidan 150 dan ortiq hadislar ma'lum. [2].

Adabiyotlar

tahrir
  • .Ali-zoda A. A. Muoz ibn Jabal // Islom ensiklopedik lug'at — М. : Ансар, 2007. — С. 534. — ISBN 978-5-98443-025-8. (CC BY-SA 3.0)

Manbalar

tahrir
  1. Исламдаг.Ру.
  2. Али-заде 2007.

Havolalar

tahrir