Muqaddima (arab.) — adabiy-badiiy, ilmiy, musiqiy asarlar va boshqalarning boshlanish qismi. Xususan, adabiy-badiiy asarlardagi muqaddimalarda ayrim hollarda mualliflarning ijtimoiy va estetik qarashlari bayon qilinadi. Masalan, Alisher Navoiyning oʻz sheʼriy devonlariga yozgan 2 mashhur muqaddimasida buyuk shoirning tarjimai holiga, ijodi tarixiga, zamonasi haqidagi falsafiy qarashlariga oid maʼlumotlar bor. Muqaddima baʼzan ijodkorning targʻibotchisi, asarni nashrga tayyorlovchi shaxslar tomonidan ham yoziladi. Bu anʼana oʻzbek adabiyotida ham mavjud (yana qarang Debocha)[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil