Muqim Azizovich Habibov (1916 — Andijon — 1979.21.11) — dirijyor, bastakor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Namangan musiqa bilim yurtini tugatgan (1936). 1934—52-yillar Andijondagi turli teatrlarda dirijyor, 1952-yildan Andijon teatrida dirijyor, 1958—78-yillarda bosh dirijyor. "Burgutning parvozi" (I.Sulton), "Tuhmatchilar jazosi" (Hamza), "Qasoskor ona" (M.Boboyev) kabi spektakllarga musiqa bastalagan, bir qancha qoʻshiqlar yozgan, musiqali drama spektakllariga dirijyorlik qilgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil