Murabbaʼ

sharq sheʼriyatidagi lirik janrlardan; qofiyalanish tartibi asosida tuzilgan sheʼr
(Murabbadan yoʻnaltirildi)

Murabbaʼ (ar. "toʻrtlik") - oʻzaro qofiyalangan toʻrt misralik band usulida yozilgan sheʻr.

Qofiyalanishi: a-a-a-a, b-b-b-a, d-d-d-a...

Murabba (arab. — toʻrtlik) — sharq sheʼriyatidagi lirik janrlardan; qofiyalanish tartibi asosida tuzilgan sheʼr. Musammat turiga mansub boshqa sheʼr shakllariga oʻxshash a—a—a—a, b—b—b—a, v—v—v—a tartibida qofiyalanadi. Misralar soniga koʻra har bir bandi ruboiy va tuyuklarga oʻxshasa ham, bir necha toʻrtlik bandlar tarzida tuzilib, bir asarni tashkil etishi, aruzning turli vaznlarida yozilishi va oxirgi toʻrtlikda shoir taxallusining koʻrsatilishi kabi xususiyatlari bilan ulardan farq qiladi. M. eng qadimiy shakllardan boʻlib, mustaqil toʻrtliklar shaklidagi namunalari "Devonu lugʻotit-turk", "Qutadgʻu bilig" asarlarida uchraydi. Musammat-M., hikmat M. shaklidagi ilk namunalari Axmad Yassaviyning "Devoni hikmat"ida keltirilgan. 16-asrdan boshlab Fuzuliy, Mashrab ijodi bilan M. rivojining yangi bosqichi koʻzga tashlanadi. Bu shoirlar orifona va oshiqona gʻazallarga xos gʻoyaviy va badiiy xususiyatlarni musammat-M.larga singdirdilar. Ularning anʼanalarini Ogahiy, Muqimiy, Bayoniy, Avaz kabi 19-asr shoirlari ijodiy davom ettirdilar. Ayniqsa, Muqimiy bu janr rivojiga alohida hissa qoʻshdi. M. xalqona sheʼr shakllaridan biri sifatida 20-asr sheʼriyatida ham rivojlantirildi[1].

Misol: Yorga yetar kun bormu, yoronlar

          Hamdu sanolar aytay xudogʻa,          -a
          Yorga yetar kun bormu, yoronlar?     -b
          Yetgaymu dodim nozuk adoga,          -a
          Yorga yetar kun bormu, yoronlar?     -b
          Shum toleimdan koʻrdum jafoni,       -d
          Zolim raqiblar koʻrdi vafoni,               -d
          Holim soʻr emdi, bergil davoni         -d
          Yorga yetar kun bormu, yoronlar?     -b

                                                   (Mashrab)

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil