Murjiʼiylar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Murjiʼiylar (arab. — kechiktirmoq, muddatni choʻzmoq) — islomdagi ilohiyot oqimlaridan biri. 7—8-asrlarda paydo boʻlgan. Xalifalikda umaviylar hokimiyatiga qarshi kurash kuchaygan davrlarda ilohiyotda gunohkor va uning taqsiri masalasi muhim oʻrin olgan. Xorijiylar katta gunoh qilganni darhol jazolash tarafdori boʻlsalar, M. jazolashni kechiktirishni yoqlab chiqqanlar. Ularning nomi shundan olingan. M. bu dunyoda inson holatini muhokama qilishni "kechiktirish", yaʼni insonning xatti-harakatini, uning imkonini yolgʻiz Allohning oʻzigina biladi va inson ustidan hukm qilish uning oʻzigagina xos deb hisoblaganlar.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |