Murodboy Nizanov
Murodboy Nizanov – taniqli satirik, prozaik va shoir, dramaturg va kinossenarist. Berdaq nomidagi mukofotning laureati, „Doʻstlik“ ordeni sovrindori, Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi.
Murodboy Nizanov | |
---|---|
Tavalludi |
1951-yil |
Millati | qoraqalpoq |
Mukofotlari | Berdaq nomidagi mukofotning laureati, „Doʻstlik“ ordeni sovrindori, Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi. |
Hayoti
tahrirMurodboy Nizanov 1951-yil Kegeyli tumanida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, Qoraqalpoq davlat universitetining sirtqi taʼlimini oʻqib bitirgan. Ish faoliyatini oʻzining tugʻilib oʻsgan tumanidagi M.Jumanazarov nomli qishloq xoʻjaligida ishchi, „Paxtakor“ sport jamiyatida instruktor lavozimida ishlashdan boshlagan. Uning hayoti va ijod yoʻli nashriyot va kitob nashri, televidenie va kino madaniyati bilan oʻzaro bogʻliq. U tuman gazetasida, „Jetkinshek“, „Sovet Qaraqalpaqstanı“ (hozirgi „Erkin Qaraqalpaqstan“) gazetalarida adabiy xodim, Qoraqalpogʻiston televideniesi va radioeshittirish komitetida bosh redaktor, televidenieda direktor oʻrinbosari, „Aral“ jurnalining bosh redaktori, „Qaraqalpaqstan“ nashriyoti direktori, „Qoraqalpoqfilm“ning direktori boʻlib faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda esa „Bilim“ nashriyotining direktori lavozimida ishlamoqda. 1991-yildan buyon Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi.
Ijodi
tahrirMurodboy Nizanov ijod yoʻlini sheʼr yozishdan boshlagan. Satira janriga kirib kelishiga harbiy xizmatda yurgan paytida taniqli turk yozuvchisi Aziz Nesinning "Musht ketdi" nomli kitobining toʻsatdan qoʻliga tushib qolishi sabab boʻlganligini yozuvchi, shoir va jurnalist Bozorboy Seytaev bilan suhbatida aytib oʻtgan.
Kitoblari
tahrirYozuvchining "Qassaptıń túsi" deb nomlangan dastlabki satirik hajviyasi Kegeyli tumani gazetasida 1971-yili nashrdan chiqadi. Uning bugungi kunga qadar 20 dan ortiq kitoblari chop etilgan. Satira janrini chuqur oʻrganib olgan yozuvchining "Usınday da boladı", „Kúlkim keledi“, „Nıshana“, „Sizge bolmaydı“, „Adam kúldirgeni ushın“, „Jat jurttaǵı jeti kún“, „Irasın aytsań uradı“, „Adam jamanlasań zeyniń ashıladı“, „Ikki qonxoʻr“, „Ǵáziyne“, „Jaqında qızıq boladı“, „Aqshagúl“, „Aqıret uyqısı“, „Dushman“[1], „Ashıq bolmaǵan kim bar“ kabi hikoyalari, povest va romanlari nashrdan chiqadi. Yozuvchining qalamidan yaralgan satirik hajviyalarida kundalikli turmushimizda koʻp qoʻllaniladigan yomon va kulguli hodisalar qiziq tarzda tasvirlanadi. Murodboy Nizanov poeziya janrida ham oʻzini sinab koʻrib, 2012-yili "Sen hám men" nomli qoʻshiqlar toʻplami chop etilgan. 1980-yillardan boshlab uning ijodi boshqa qardosh tillarda, yaʼniy oʻzbek, qozoq, tatar, nogʻay tillarida bosilib chiqdi. Shuningdek, uning hikoya va povestlari, qardosh xalqning jurnallarida davomli ravishda chop etilmoqda.
Dramasi
tahrir"Eki dúnyanıń áweresi", „Ólimnen uyat kúshli“ komediyalari bilan [2] musiqali dramasi sahnaga qoʻyildi.
Kinodagi faoliyati
tahrirMurodboy Nizanov 2003-2013 yillar davomida qoraqalpoq kinosiga boshchilik etib, 10 yil ichida 8 ta sanʼat film, bolalar uchun 10 ta satirik jurnal, 4 ta animatsiyali film va bir qator hujjatli filmlari yaratilgan. Oʻzbekiston televideniesi orqali berilgan satirik videofilmlari va teleminiatyuralari, Oʻzbekiston radiosi orqali eshittirilgan satirik hajviyalari bilan jurnallardagi miniatyuralari uni davlatimiz boʻylab keng tanitdi. „Oʻzbekfilm“ va „Qoraqalpoqfilm“ kinostudiyalari tomonidan 2002-yili kinossenarist Murodboy Nizanov muallifligida "Tanka" komediyasi tasvirga olingan. Bu kinofilm oʻzbek tiliga dublyaj qilindi. „Tanka“ Murodboy Nizanov qalamiga tegishli birgina film emas. U soʻnggi yillari kinossenarist yozuvchi sifatida "Tanka", „Urı“, „Kurort“, „Qaysar“, „Mehrigiya-márgiya“, „Qorǵan“ kabi bir qator kinofilmlari bilan keng jamoatchilikga tanildi. Bu filmlar tomoshabinlarning yaxshi koʻrib tomasha qiladigan filmiga aylangan.
Mukofotlari
tahrirMurodboy Nizanov shunday fidoyi xizmatlari uchun 1999-yili „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlanib, 2012-yili „Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi“ nomiga sazovar boʻldi. Shuningdek, „Oʻzbekistan Respublikasiga xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“[3] nomiga ham eʼtirof etildi.
Adabiyotlar
tahrir- Nızanov Muratbay. Qaraqalpaqlar. Nókis. Bilim. 2021.