Murodxoʻjayev Narimon Qodirovich (1928.17.6, Toshkent) — onkologradiolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1992), tibbiyot fanlari doktori (1969), professor (1970). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgach (1951), xdrbiy vrach (1951 — 55), Leningrad Harbiy tibbiyot akademiyasi xodimi va rentgenradioterapiya boʻlimi boshligʻi (1955— 63), Oʻzbekiston Rentgenologiya, radiologiya va onkologiya ilmiy tadqiqot instituti radiologiya boʻlimi mudiri (1963—68), shu institut direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (1968—73), direktori (1977-2000). 1973-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi onkologiya kafedrasi mudiri, 2001-yildan professor-konsultant. Asosiy ilmiy ishlari radiologiya, ichki aʼzolardagi xavfli oʻsmalarni radioaktiv moddalar yordamida aniqlash va davolash, shuningdek, nur bilan davolashga oid. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1998). Rakka qarshi jamiyat prezidenta (1980-yildan).

Manbalar

tahrir
  • Ocherki sovremennoy onkologii, T., 1998; Onkologiya (darslik), T., 2002.