Mursak
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mursak, murassa (arab. — ziynatlangan, bezatilgan) — avra-astarli, uzun yengli, qad. ustki kiyim. Bichigʻi toʻgʻri bichimli, toʻn yoqali, oldi chuqurroq oʻyilgan, etak barlari bir-biriga kirgan, ikki yon tomonida mayda burmalarga yigʻilgan. M. chetlari jiyaklar bilan hoshiyalangan. M. baxmal, parcha, kimxob, adras, shoyi (astari shoyi, ip matolar)dan tayyorlangan. M.ning ichiga yupqa paxta solib qavilgan (qishki) hamda yalang qavatli (avra-astardan iborat yozgi) turlari bor. Sharq xalqdari orasida keng tarqalgan, hatto qizlarning sepiga kiritilgan. Koʻylakning ustidan kiyilgan, beliga belbogʻ bogʻlangan. 19-asr gacha ayollar uchun ustki kiyim va yopinchiq vazifasini bajargan, keyinchalik toʻy va azalarda foydalanilgan. Hozirda ayollarning tobuti ustiga yopiladigan yopinchiq sifatidagina ishlatiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |