Murshid
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Murshid (arab. مرشد — yoʻl koʻrsatuvchi) — tasavvufsl tariqat odoblaridan saboq beruvchi pir, shayx va ustoz[1]. “Murshid” soʻzi “r-sh-d” oʻzagidan olingan boʻlib, asosiy maʼnosi “toʻgʻrilik, aql-idrok, yetuklik sohibi boʻlish” deganidir[2]. Tasavvufda u ruhiy yoʻlboshchiga ishora qiladi. Bu atama Naqshbandiya, Qodiriya, Chishtiya, Shoziliya va Suhravardiya kabi soʻfiylik tariqatlarida koʻp qoʻllanadi.
Tasavvuf yo‘li shogird (murid)ning ruhiy yo‘lboshchi (murshid)ga bayʼat qilishi bilan boshlanadi. Qurʼoni karim bu bayʼat haqida shunday deydi: " Albatta, senga bay’at qilayotganlar faqat Allohning O‘ziga bay’at qilmoqdalar. Allohning qo‘li ularning qo‘llari ustidadir[3]” (48:10).
Murshidning vazifasi shogirdini soʻfiylik yoʻlida ruhan yoʻnaltirish va unga ogʻzaki yoʻl-yoʻriq berishdan iborat, ammo arab tilidagi murshid atamasining toʻliq maʼnosiga koʻra, "oʻzi yoʻlning oxiriga yetgan kishigina ruhiy rahbar” hisoblanadi.
Murshid odatda bitta tariqat (maʼnaviy yoʻl) uchun ustozlik qilishga ruxsat oladi. Har qanday tariqat yoki silsilada bir vaqtning oʻzida bitta murshid boʻlib, u maʼnaviy tartib rahnamosi hisoblanadi. U xalifalik (oʻrinbosarlik) yoʻli bilan shayx sifatida tayinlanadi: bu jarayonda shayx o'z shogirdlaridan birini xalifalik uchun o'zining vorisi deb e’lon qiladi.
Ahamiyati
tahrirTasavvufda ilohiy nurni murshid qalbidan shogirdga yetkazish har qanday ilm manbasidan ustun bo‘lib, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilohiylikka intilishning yagona yo‘lidir. Murshidi komil akmal (“Insoni komil” ham deyiladi) tushunchasi aksariyat tariqatlarda muhim ahamiyatga ega. Unga koʻra, Alloh taolo mavjudligining mukammal timsoli boʻlgan va islom dinining paygʻambari Muhammad (s.a.v.)ning izidan boradigan Qutb yoki “Universal Inson” yer yuzida hamisha mavjud boʻlib qoladi.
Havolalar
tahrirManbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |