Murtak bezlari, bodom bezlari — odam va umurtqali hayvonlar limfa sistemasining aʼzolari, limfoid toʻqimalar toʻplami. Ogʻiz boʻshligʻi va halqumning shilliq qavatida joylashgan. Tanglay, til (til ildizida), burunhalqum gumbazida va nay (eshi-tuv naylariningteshiklarida) Murtak bezlari bor. Ular hiqildoqda joylashgan limfa follikulalari bilan birgalikda himoya qiladigan toʻsiq — limfadenoid xalqum halqasini hosil qiladi. Tanglay Murtak bezlari shakli bodomga oʻxshaydi (uni glanda deb ham atashadi) va tanglayning ikkala tomonida (tanglay ravoklarining oraligʻida) joylashadi. Tanglay murtaklarida juda koʻp uchraydigan surunkali yalligʻlanish (qarang Tonzillit, Angina) jarayonida ularning himoyalanish xususi-yati buziladi va ular organizm uchun xavfli yiring hosil qiladigan mikroblar oʻchogʻiga aylanadi. Murtak bezlarining kattakichikligi ularning funksional holatiga bogʻliq emas. Murtak bezlarida limfotsitlar hosil boʻladi va bu yerdan qisman limfa oqimiga, qisman ogʻiz bilan xalqum boʻshligʻiga chiqadi. Murtak bezlari organizmni kasallik koʻzgʻatadigan mikroorganizmlardan himoyalash va immunitet hosil qilishda qatnashadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil